| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi141 marta oʻqildi

AQSH Oʻzbekistonga koronavirusdan himoya vositalarini topshirdi

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) koronavirusdan zarar koʻrgan yoki uning tarqalishi xavfi yuqori boʻlgan mamlakatlar, shu jumladan Oʻzbekiston uchun yuqumli kasalliklar boʻyicha favqulodda zaxira fondidan qoʻshimcha mablagʻ ajratdi.

AQSH Oʻzbekistonga koronavirusdan himoya vositalarini topshirdi

17 mart kuni AQSH elchixonasi yangi koronavirus kasalligi COVID-19 tarqalishiga tayyorgarlik koʻrishi uchun Oʻzbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga ikkinchi xayriya yordami sifatida shaxsiy himoya vositalarini topshirdi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

Oʻzbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish boʻyicha bir qator profilaktik cheklovlar joriy etildi

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) koronavirusdan zarar koʻrgan yoki uning tarqalishi xavfi yuqori boʻlgan mamlakatlar, shu jumladan Oʻzbekiston uchun yuqumli kasalliklar boʻyicha favqulodda zaxira fondidan qoʻshimcha mablagʻ ajratdi. AQShning Oʻzbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum mamlakat tayyorgarligini yuqori baholab, COVID-19’ga tayyorgarlik koʻrish va tegishli javob qaytarishda USAID Oʻzbekistonni kelgusida ham qoʻllab-quvvatlashi va koʻmak berishini maʼlum qildi.

“Yangi koronavirus kasalligi faqatgina hukumatlar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasidagi yaqin hamkorlik orqali bartaraf etilishi mumkin boʻlgan, global sogʻliqni saqlashga tahdid solayotgan kasallikdir”, - dedi elchi Rozenblyum. “AQSH hukumati ushbu global epidemiyaga tayyorgarlik va javob choralarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekistondagi tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda”, taʼkidladi elchi.

USAID taqdim etgan shaxsiy himoya vositalari tarkibiga 10 000 ta qoʻlqop, 10 200 ta niqob, 1400 ta maxsus xalat va 200 ta koʻzoynak kiradi. Ular butun Oʻzbekiston boʻylab viloyat markazlari va shaharlarda tarqatiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ