| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat2 daqiqada oʻqiladi242 marta oʻqildi

“Amirsoy” zamonaviy togʻ-changʻi kurorti ochilishiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov, “PGI management” kompaniyasi (Andorra) direktori Tomas Tor-Yensen va “Amirsoy” MChJ QK bosh direktori oʻrinbosari Valeriy Kim ishtirok etishdi

“Amirsoy” zamonaviy togʻ-changʻi kurorti ochilishiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

“Amirsoy” zamonaviy togʻ-changʻi kurorti ochilishiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov, “PGI management” kompaniyasi (Andorra) direktori Tomas Tor-Yensen va “Amirsoy” MChJ QK bosh direktori oʻrinbosari Valeriy Kim ishtirok etishdi.

Tadbir doirasida Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida “Amirsoy” togʻ-changʻi kompleksi loyihasi amalga oshirilishi boʻyicha batafsil maʼlumot berildi. Tomas Tor-Yensen oʻz navbatida togʻ-changʻi trassalari va dor yoʻllari qurilishida eng ilgʻor va innovatsion texnologiyalar qoʻllanilganini taʼkidladi. “Amirsoy” Qoʻshma korxonasi bosh direktori oʻrinbosari V.Kim esa joriy yilning 21 dekabrida boʻlib oʻtadigan ochilish marosimiga tayyorgarlik ishlari toʻgʻrisida soʻzlab berdi. Matbuot anjumanida maʼlum qilinishicha loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Shu oʻrinda, Hukumatning 2017 yil 14 sentyabrdagi Farmoyishiga muvofiq Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Chimyon” kurort-dam olish zonasining turistik salohiyatidan samarali foydalanish va yanada rivojlantirish, mahalliy va xorijiy turistlarni hududning noyob tabiati va togʻ landshafti bilan keng tanishtirish, shuningdek, xalqaro darajadagi togʻ-changʻi kurortini qurish loyihasini amalga oshirish belgilanganini alohida taʼkidlash joiz. “Amirsoy” togʻ-changʻi kurorti 892 gektar maydonda joylashgan boʻlib, 580 oʻringa moʻljallangan. Loyiha boʻyicha 300 yangi ish oʻrni yaratilishi koʻzda tutilgan. Uning umumiy qiymati 100,0 mln. AQSh dollarini tashkil qiladi. Loyihaning birinchi bosqichi 2019 yilning IV choragida, ikkinchi bosqichi esa 2022 yilning III choragida tugallanishi rejalashtirilgan. “Amirsoy” togʻ-changʻi kurorti – Oʻzbekistonda qurilayotdagi eng yirik va kutilgan turistik obʼyektlardan biri. Loyiha mamlakatimizdagi birinchi zamonaviy togʻ-changʻi kurorti boʻlib, unda mijozlarga qulay, xavfsiz va sifatli, jahon talablari darajasida xizmat koʻrsatiladi.

Qishki dam olish maskani umumiy hisobda uzunligi 3 km. dan ortiq 2 ta osma dor yoʻli va jami 10 km. boʻlgan turli murakkablikdagi 8 ta togʻ-changʻi trassalariga ega. Bundan tashqari, togʻ-changʻi kurortida qish mavsumi uchun umumiy uzunligi 21,93 km.boʻlgan dor yoʻli mavjud boʻlib, uning oʻtkazuvchanlik qobiliyati soatiga 2400 kishini tashkil qiladi. Dor yoʻli Avstriyaning “Doppelmayr Seibahnen GmbH” kompaniyasi tomonidan qurilgan boʻlib, unda turli murakkablikdagi 28 ta relefli trassa mavjud. Kurortda zamon talablariga toʻla mos keladigan infratuzilma hamda servis xizmati yoʻlga qoʻyiladi. Ushbu hududda Argentina, Ispaniya va Daniya mutaxassislari nazorati ostida turli murakkablikdagi 15 km. uzunlikdan iborat togʻ-changʻi yoʻllari qurildi. Ularning 4 tasi kurortning eng yuqori nuqtasidan boshlanadi, eng uzun trassa esa 3550 metrni tashkil qiladi. Boshlangʻich changʻi uchuvchilar uchun maxsus hudud qurilgan boʻlib, unda 5 ta konveyer tipidagi yuqoriga harakatlanuvchi liftlar mavjud. Shuningdek, “shale” uslubidagi 40 ta yogʻoch uy, 3 ta restoran, sport maktabi, togʻ changʻisi va boshqa uskunalarni ijaraga olish nuqtalarini oʻz ichiga olgan koʻp tarmoqli markaz hamda vertolet maydonchasi qurildi. Ushbu hudud yaqinida tyubing, piyoda sayohatlar, qorda yurish uchun maxsus turlar, chana va kvadrotsiklda uchishni oʻz ichiga olgan koʻngilochar zona va maxsus bolalar maydonchasi tashkil etilgan. “Biz ushbu kurort qurilishiga eng soʻnggi zamonaviy texnologiyalarni jalb qilganmiz, qolaversa, qurilish ishlari ham barcha xavfsizlik qoidalariga muvofiq ravishda olib borilmoqda. Dam olish maskani Yevropa talablari darajasidagi kurortlardan biriga aylanishiga ishonchim komil. Kurortning yana bir qulayligi shundaki, u Toshkent shahri hamda xalqaro aeroportiga yaqin hududda joylashgan”, - deydi Tomas Tor-Yensen.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ