“Amirsoy” togʻ-changʻi kurortining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Bugun, 21 dekabr kuni Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida “Amirsoy” togʻ-changʻi kurortining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov ochib berdi.

Bugun, 21 dekabr kuni Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida “Amirsoy” togʻ-changʻi kurortining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻri“Amirsoy” majmuasini ishga tushirish uchun Italiya, Germaniya, Avstriya, Argentina, Ispaniya va Daniya kabi davlatlardan yetakchi loyihachi kompaniyalar jalb etilib, togʻ-changʻi kurorti majmuasi zamonaviy jahon standartlari asosida qurib bitkazildi va bugun Siz, aziz tashrif buyuruvchilar uchun ishga tushirilmoqda. Togʻ-changʻi kompleksi joylashuv jihatidan qulay hududda tashkil etilgan boʻlib, dam olish maskanining faoliyati uchun yuqori sifatli asbob-uskunalar, jihozlar keltirilib oʻrnatilgan, bu esa, oʻz navbatida, mehmonlar xavfsizligini taʼminlash va ularga qulay sharoit yaratishga qaratilgan. Ushbu loyiha sohada katta tajribaga ega Andorraning “PGI Management” kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi”, - dedi Aziz Abduhakimov. Shundan soʻng Sabina Mustayeva, DJ Petishka va Bella, “Sharqoniy” guruhi, Janob Akrom va uning baraban-shousi, Sergey Zlotnikovning “Double Dance Show” musiqiy tabriklari yangradi.
Xalq polvonlarining folklor shousi hamda Baxriddin Chustiy boshchiligidagi eng taniqli oshpazlar guruhidan taqdim etilgan “Katta palov” tadbirga milliy shukuh bagʻishladi. Taʼkidlash joizki, “Amirsoy” loyihasi boʻyicha 2018 yildan buyon 892 gektar maydonda keng koʻlamli qurilish ishlari olib borilib, u 580 oʻringa moʻljallangan. Loyiha doirasida 300 yangi ish oʻrni yaratilishi koʻzda tutilgan hamda uning umumiy qiymati 100,0 mln. AQSh dollarini tashkil qiladi.
“Amirsoy”ni qurish ishlariga eng ilgʻor va innovatsion texnologiyalar jalb qilingan boʻlib, kurort loyihasi ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich - 2019 yilning IV choragida, ikkinchi bosqichi esa 2022 yilning III choragida bitkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek hududda Avstriyaning “Doppelmayr Seilbahnen GmbH” kompaniyasi tomonidan ikki zamonaviy dor yoʻli qurildi, uning uzunligi 2 193 m boʻlib, oʻtkazuvchanlik qobiliyati soatiga 2 400 kishini tashkil etadi.
Qishki dam olish zonasida Argentina, Ispaniya va Daniya mutaxassislari nazorati ostida turli murakkablikdagi 15 km uzunlikdagi togʻ-changʻi yoʻllari qurildi. Ularning 4 tasi kurortning eng yuqori nuqtasidan boshlanadi va eng uzun trassa 3 550 metrni tashkil etadi. Sunʼiy qor ishlab chiqarish tizimi esa changʻi mavsumini noyabrdan aprel oyigacha uzaytirishga xizmat qiladi. Qishki sport oʻyinlari ishqibozlari, changʻichilar va snoubordchilar uchun har qanday darajadagi yoʻllar mavjud boʻlib, ularning togʻ-changʻi sporti bilan shugʻullanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Shu bilan birga, togʻ-changʻi kurorti majmuasi hududida tyubing, piyoda sayohatlar, qorda yurish uchun maxsus turlar, chana va kvadrotsiklda uchishlarni oʻz ichiga olgan koʻngilochar zona va maxsus bolalar oʻyin maydonchasi uchun alohida hududlar tashkil etilgan. Ayni vaqtda loyihaning birinchi bosqichi yakunlanib, “Amirsoy” dam olish maskanining keng jamoatchilik uchun ochilishga tayyor holatga keltirilgan. Loyihaning “Gʻarbiy Amirsoy” deb nomlangan ikkinchi bosqichi esa 2022 yilning uchinchi choragida yakunlanishi va ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

