Alisher Usmonov andijonliklarga 2,5 milliard soʻm moddiy yordam ajratdi
Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi 1000 ta ehtiyojmand oilaga moddiy yordam pullari tarqatildi.

“Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida koronavirus pandemiyasi davrida moddiy jihatdan ehtiyojmand oilalar qatoridan joy olgan yurtdoshlarimiz qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Marhamat tumani Andijon viloyatining qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh qismida joylashgan boʻlib, tan olish kerak, iqtisodiyoti endigina yuksalish sari qadam qoʻygan tumanlardan biri hisoblanadi. Oʻrganish davomida tumandagi jami 48 ta mahalladan 1000 ta oila ehtiyojmand, deb topilgan.
Ularga oʻzbekistonlik taniqli biznesmen Alisher Usmonov 2,5 milliard soʻm miqdoridagi moddiy yordam ajratdi. Har bir oilaga 2,5 million soʻmdan berildi, deb yozmoqda Xalq soʻzi nashri.
— Kundalik tashvishlar bilan ovora boʻlib hatto oilamizning, ayniqsa, farzandlarimizning istiqboli haqida qaygʻurish koʻnglimizga ham sigʻmayotgan bir paytda saxovatli insonlarning koʻrsatgan muruvvati eng katta mukofot boʻldi,— deydi marhamatlik Abdurasul Inomov. — Bu mablagʻ nafaqat moddiy yordam, balki, ertangi kunimizga, hukumatimizga, mehri ummon zamondoshlarimizga boʻlgan ishonch ifodasidir. Bizga shu qadar eʼtibor koʻrsatilgan ekan, biz oʻzimiz ham bu ishonchni oqlaymiz.
Ajratilgan mablagʻlardan iborat “Oʻzmilliybank” aksiyadorlik jamiyati plastik kartalari har fuqaroga mutasaddilar tomonidan yetkazib berildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

