Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida qonun imzolandi
Qonun bilan aholini roʻyxatga olishning asosiy prinsiplari belgilandi.

“Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Aholini roʻyxatga olish – bu Oʻzbekiston Respublikasining aholisi toʻgʻrisida ishonchli va xolis axborot yigʻishdir.
Qonun bilan aholini roʻyxatga olishning asosiy prinsiplari belgilandi, bular:
davriylik;
umumiylik va bir paytdalik;
roʻyxatga olishning yakka tartibdaligi;
shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi;
aholini roʻyxatga olishni boshqarishning markazlashtirilganligi.

Aholini roʻyxatga olish sohasini davlat tomonidan tartibga solish Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha respublika komissiyasi, aholini roʻyxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi (Davlat statistika qoʻmitasi), shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻz vakolatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Qonun bilan ushbu organlarning bu sohadagi vakolatlari belgilandi.
Shuningdek, aholini roʻyxatga olishni tashkil etish uchun masʼul boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar maxsus vakolatli davlat organiga aholini roʻyxatga olish sohasidagi vazifalarni bajarish yuzasidan koʻmaklashadi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

