| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi213 marta oʻqildi

“Afrosiyob” elektropoyezdining reysi yana bittaga koʻpaytirilib, Jizzax vokzalida ham toʻxtab oʻtishi yoʻlga qoʻyilmoqda

“Afrosiyob” elektropoyezdi hozirgi kunga qadar haftada 2 marotaba (shanba va yakshanba kunlari) harakatini amalga oshirmoqda.

“Afrosiyob” elektropoyezdining reysi yana bittaga koʻpaytirilib, Jizzax vokzalida ham toʻxtab oʻtishi yoʻlga qoʻyilmoqda

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan yoʻlovchilarning zamonaviy poyezdlarga boʻlgan talabini toʻla qondirish maqsadida, Toshkent – Samarqand – Toshkent yoʻnalishida harakatini amalga oshirayotgan 764/763-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdining reysi yana bittaga koʻpaytirilmoqda. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” matbuot xizmati xabar qildi.

“Hozirgi kunga qadar haftada 2 marotaba (shanba va yakshanba kunlari) harakatini amalga oshirayotgan mazkur zamonaviy poyezd, 2020 yil 13 noyabrdan boshlab, haftada 3 marotaba (juma, shanba va yakshanba kunlari) yoʻlovchilarning uzogʻini yaqin qiladi. Bundan tashqari mazkur poyezdning ushbu sanadan boshlab Jizzax vokzalida ham toʻxtab oʻtishi yoʻlga qoʻyiladi”, deyiladi xabarda.

IZOH: Chiptalarni elektron tarzda ham bemalol xarid qilish mumkin. Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilish mumkin.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ