Afgʻonistondan Oʻzbekistonga kiruvchi shaxslar kirish vizasini rasmiylashtirmasdan 10 kun davomida hududda boʻlish tartibi joriy etilmoqda
“Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hududini qisqartirish hisobiga “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi hamda “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi tashkil etiladi.

“Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hududini qisqartirish hisobiga quyidagilar tashkil etildi:
“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi;
“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi.
Termiz xalqaro savdo markazi hududida, jumladan:
zamonaviy texnologiyalar asosida mahsulotlarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash, saralash va qadoqlash xizmatlari va elektron savdo portallari tashkil etiladi;
“yagona darcha” va boshqa xizmatlar yoʻlga qoʻyiladi;
Afgʻonistondan kiruvchi shaxslarning, istisno tariqasida, Oʻzbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirmasdan, shaxsiy va pasport nazoratidan oʻtgan holda 10 kun davomida hududda boʻlish tartibi joriy etiladi;
tadbirkorlar tomonidan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga realizatsiya qilinadigan hamda Afgʻonistonga olib chiqiladigan tovarlar va xizmatlar eksportga tenglashtiriladi;
chet el tovarlari “erkin bojxona zonasi” bojxona rejimiga rasmiylashtirish orqali joylashtiriladi hamda, istisno tariqasida, ushbu tovarlar bilan chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat etiladi;
Termiz xalqaro savdo markazi hududiga Afgʻoniston tomonidan kirish va undan chiqish “Termiz-avtoyoʻl” oʻtkazish punktidan maxsus texnik vositalari bilan jihozlangan alohida yoʻlak (koridor) orqali amalga oshiriladi.
Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

