| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi448 marta oʻqildi

Abituriyentlar uyda qolib, bepul “onlayn-repetitor” orqali testlarga tayyorlanishi mumkin

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov abituriyenlar “Online-maktab” kanalida testlarga tayyorlanishi mumkinligi haqida maʼlum qildi.

Abituriyentlar uyda qolib, bepul “onlayn-repetitor” orqali testlarga tayyorlanishi mumkin

“Umrida birinchi bor oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun imtihonga tayyorlanayotgan bitiruvchilarimizda, albatta, xayajon bosib testni qanday toʻldirish, oʻzini qanday tutish kabi masalalarda ham xato qilib qoʻyish xavfi yuqori.

Shu bilan birgalikda, hammaning ham hozirgi yozgi taʼtil vaqtida repetitorga borish imkoni yoʻq.

Shuning uchun “Online-maktab” kanalida (5-8-sinflarnikini oʻrniga) bugundan boshlab “Online-repetitor” rukni ostida testga tayyorlash kurslari boshlandi. Endi mamlakatimizning istalgan joyidan bemalol uyda oʻtirib Davlat test markazining testlariga tayyorgarlik koʻrsa boʻladi”, deb xabar bermoqda Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov.

Xabar “Ushbu imkoniyatni yaratilishida oʻz hissasini qoʻshgan barcha oʻqituvchilar va mutasaddilarga, jumladan, Vazirlar Mahkamasidagi yangi Kompleksimiz, Milliy teleradiokompaniya, AKT vazirligi hamda Davlat test markazi rahbarlariga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

15 va 16 iyun kuniga moʻljallangan jadvallar bizning rasmiy telegram kanalimizda eʼlon qilindi, keyingi kunlarning dars jadvalini kanalimizda kuzatib boring: https://t.me/uzedu”, deb yakunlanadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ