9 may — Xotira va qadrlash kunida ommaviy tadbirlarni oʻtkazish taʼqiqlanadi
9 may — Xotira va qadrlash kunini faqat oila davrasida nishonlash tavsiya etilmoqda. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish taqiqlanadi.

Respublika maxsus komissiyasi axborotiga koʻra, hududlarda "yashil", "sariq" va "qizil" toifalarga ajratgan holda tabaqalashtirilgan karantin cheklovlaridan qatʼi nazar, barcha hududlarda 9 may — Xotira va qadrlash kunida ommaviy tadbirlarni oʻtkazish hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va yoshi ulugʻ faxriylar holidan xabar olish TAQIQLANADI va barchamiz uchun ulugʻ ushbu bayramni faqat oila davrasida nishonlash tavsiya etiladi.
Taʼkidlash joizki, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini bayram munosabati bilan tabriklash va ragʻbatlantirish tadbirlari sanitariya talablariga rioya qilgan holda davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi taʼminlanadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

