3000 dan ortiq tadbirkor ayollarga imtiyozli kreditlar beriladi
Bu Vazirlar Mahkamasining 20.11.2019 yildagi xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash va ular oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi 919-son qarorida nazarda tutilgan.

Bu Vazirlar Mahkamasining 20.11.2019 yildagi xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash va ular oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi 919-son qarorida nazarda tutilgan.
3 112 nafar xotin-qizlar umumiy summasi 102 mlrd 253 mln soʻm boʻlgan, tasdiqlangan hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali oʻz biznesini boshlashi va kengaytirishi mumkin. Ularga Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari hisobidan 85,5 mlrd soʻmlik kreditlar ajratiladi. Qolgan qismi – dastur ishtirokchilarining oʻz mablagʻlari hisobidan. Noyabr oyida ular uchun tashkil etilgan oʻquv kurslari natijalariga koʻra «Xalq banki» orqali imtiyozli kredit berilishi uchun Xotin-qizlar qoʻmitalarining tavsiyanomasini olganlar aniqlanadi.
Taklif etilayotgan investitsiya loyihalari yoʻnalishlari: qishloq xoʻjaligi, sanoat va xizmat koʻrsatish sohasi. Shu tariqa, 89 mingga yaqin xotin-qizlar ish bilan taʼminlanadi.
Xotin-qizlar hunarmandchilik, ipakchilik va tomorqa xoʻjaliklariga jalb etilgan holda ishga joylashtiriladi. Bunda 40 ming nafar xotin-qizlar ish bilan taʼminlanadi. Namangan va Fargʻona viloyatlarida yangitdan tashkil etiladigan hunarmandchilik va ipakchilik klasteri korxonalariga yangi tutzorlar barpo etish hamda ipak mato va gilamlar toʻqish uchun 100 gektardan kam boʻlmagan yer maydonlari ajratiladi.
Bundan tashqari, kam taʼminlangan oilalardagi kasb-hunar kollejlarida oʻqigan 22 520 nafar xotin-qizlar «Oʻzpaxtasanoat» AJ tikuvchilik-toʻqimachilik majmualariga ishga qabul qilinadi.
Qabul qilingan barcha chora-tadbirlar natijasida respublika boʻyicha 129 ming nafar xotin-qizlar ishga joylashtiriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

