28 turdagi maʼlumotnomalarni talab qilishi taqiqlandi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 dekabr kuni «Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 dekabr kuni «Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvarrdan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan fuqarolardan talab qilinishi, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan berilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan 28 turdagi hujjatlar roʻyxati tasdiqlandi:
Yashash joyidan maʼlumotnoma;
Ariza beruvchi yashash joyi boʻyicha bir oʻzi yashashi (roʻyxatdan oʻtkazilganligi) toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Doim va vaqtincha ruyxatdan oʻtkazilgan istiqomat qiluvchilar soni toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Yashayotgan muddati koʻrsatilgan doimiy istiqomat joyidan maʼlumotnoma;
Yashovchilar sonini tasdiqlaydigan maʼlumotnoma;
Turar joyda yashayotgan shaxslar koʻrsatilgan holda yashash joyidan maʼlumotnoma;
Ariza beruvchi yashash joyi boʻyicha bir oʻzi yashashi (roʻyxatdan oʻtkazilganligi) toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Fuqaroning yolgʻiz yashayotganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;
Oila aʼzolarining pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turganligi holatini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;
80 yoshga toʻlgan, oʻzganing parvarishiga muhtoj boʻlgan keksa yoshdagi odamga parvarish qilgan vaqtini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;
Qaramogʻida mehnatga layoqatsiz oila aʼzolari borligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;
Vafot etgan boquvchining qaramogʻidagi oila aʼzolari tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Vafot etgan xodim bilan qarindoshligi darajasini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;
Shaxsiy tomorqa xoʻjaliklarida ishlovchi fuqarolarni band boʻlganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;
Shaxs haqqiqatdan ham nogironni parvarish qilayotganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;
Ishsizligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Vafot etgan boquvchining ota-onalari, turmush oʻrtogʻi, buvasi, buvisi, akasi (ukasi) yoki opasi (singlisi) vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralariga, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan taʼtilda boʻlish huquqini beradigan yoshga toʻlgunga qadar boqish bilan band boʻlganligini va ishlamaganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma
Vafot etganning ota-onalari, turmush oʻrtogʻi yoki oilaning boshqa aʼzosi vafot etganning uch yoshga toʻlmagan bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralariga qarash bilan band boʻlganligini va ishlamaganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma
Marhumning xodim bilan qarindoshligi darajasini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;
Tugʻilganlik haqida takroriy guvohnomalarni olish uchun voyaga yetmagan shaxsning yoki pasport olmagan shaxsning shaxsning fotosurati yopishtirilgan maʼlumotnoma;
Vasiylikka olinganlarni taʼminlash va ularni zarur darajada parvarishlash boʻyicha qarindoshlarining bunga qodirligini tasdiqlash uchun maʼlumotnoma;
Vasiy yoki xomiy boʻlish istagini bildirgan ishlamaydigan shaxslar uchun maʼlumotnoma;
Shaxsiy yordamchi xoʻjaligida qoramol mavjudligi yoki qishloq xoʻjalik mahsulotlarining boshqa turlarini (oʻsimlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari) yetishtirish bilan bandligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma
Oʻzi tayyorlagan tovarlarni chakana sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ishlab chiqarish sharoitlari mavjudligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;
Alohida xonada yashashi kerak boʻlgan (sil, teri-tanosil kasalliklarining ogʻir koʻrinishi, qandli diabetning yiringli yalligʻlanishi, psoriaz) bemor ayollar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Kam taʼminlangan oilada yolgʻiz oʻzi ikki va undan ortiq voyaga yetmagan farzandlarni tarbiyalayotgan ayollar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan, shuningdek, ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan shaxslar tavsiflari bilan maʼlumotnoma;
Dafnni oʻtkazganlik holati tasdiqlash uchun maʼlumotnoma.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

