| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi51 marta oʻqildi

2025 yilga kelib aholining oʻrtacha umr koʻrish davomiyligini oshirish rejalashtirildi

2025 yilga kelib erkaklarning oʻrtacha umr koʻrish yoshi davomiyligini 74 yoshgacha, ayollarning oʻrtacha umr koʻrish yoshi davomiyligini 78 yoshgacha yetkazish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, 5 yoshgacha boʻlgan ortiqcha vaznli bolalarni kamaytirish koʻzlangan.

2025 yilga kelib aholining oʻrtacha umr koʻrish davomiyligini oshirish rejalashtirildi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Aholining sogʻlom ovqatlanishni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qaroriga koʻra sogʻlom ovqatlanish dasturining indikatorlari belgilandi.

2025 yilga kelib aholining oʻrtacha umr koʻrish davomiyligini 75,1 yoshdan 76,4 yoshgacha oshirish rejalashtirilgan: erkaklar uchun — 72,8 yoshdan 74,1 yoshgacha, ayollar uchun — 77,4 yoshdan 78,7 yoshgacha. Bundan tashqari, kelgusi besh yil ichida semizligi boʻlgan aholi ulushining oʻsishini 23,5% darajasida toʻxtatish rejalashtirilgan. Xususan, hukumat 5 yoshgacha boʻlgan ortiqcha vaznli bolalar ulushini 4,6 dan 4 foizgacha kamaytirishni va qariyalarni 56,4 foizga toʻxtatish niyatida.

Shuningdek, 30−69 yoshdagi aholining oʻlimiga sabab boʻladigan kasalliklar ulushining kamayishi kutilmoqda:

  • yurak-qon tomir kasalliklari — 52,8% dan 43% gacha;

  • onkologik kasalliklar — 15,1% dan 14% gacha;

  • qandli diabet — 5,7% dan 5% gacha;

  • surunkali nafas olish yoʻllari kasalliklari — 1,1% dan 0,9% gacha.

Dastur toʻrt qismdan iborat. Avvalo, normativ-huquqiy baza takomillashtiriladi va xalqaro standartlar tatbiq etiladi. Xususan, yarim tayyor mahsulotlar retseptini oʻzgartirish, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga binoan reklama toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartirishlar kiritish, oziq-ovqat tarkibidagi tuz, shakar va yogʻning xavfsiz miqdorini aniqlash standartlari va boshqalarni ishlab chiqish kutilmoqda.

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizlik belgisi bilan tamgʻalanadi

Notoʻgʻri ovqatlanish bilan bogʻliq kasalliklarga olib keladigan omillarni kamaytirish uchun profilaktika ishlari amalga oshiriladi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan «Biz toʻgʻri ovqatlanamiz» televizion dasturida efirga uzatiladigan xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini taʼminlash uchun «beshta kalit dastur»ni targʻib qilish rejalashtirilgan. Har bir yosh uchun optimal ovqatlanish standarti, shuningdek, aholiga vitaminlar va minerallarni bepul yetkazib berish boʻyicha davlat dasturi ishlab chiqiladi.

Avval xabar berilaganidek, 2021 yil 1 iyuldan tarkibida tuz, shakar va yogʻ miqdori yuqori boʻlgan mahsulotlar, shuningdek, sogʻliq uchun zararli boshqa qoʻshimchalar mavjud mahsulotlarga belgilar qoʻyish boshlanadi. Bundan tashqari, ushbu mahsulotlarning reklamasi ham chegaralanishi rejalashtirilmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ