2020 yilgi davlat dasturi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi
"Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" davlat dasturi 11 fevral kuni jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi.

"Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston prezidenti Farmoni loyihasini yanada takomillashtirish hamda fuqarolarning xohish-istaklarini inobatga olgan holda ishlab chiqish uchun jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.
17,5 trln soʻm va 9,6 mlrd dollarga teng loyihalarni amalga oshiriladi
2020 yil Davlat dasturi loyihasi 320 ta banddan iborat boʻlib, Oʻzbekiston Prezidentining 2020 yilning 24 yanvar kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida aks etgan asosiy gʻoya va takliflari hamda 2017−2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalar asosida ishlab chiqildi.
Uning doirasida jami qiymati 17,5 trln soʻm va 9,6 mlrd dollarga teng loyihalarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.
Takliflarga koʻra Davlat lasturi takomillashadi
Jamoatchilik muhokamalarida fuqarolar, xalqaro ekspertlar, tegishli vazirlik va idora mutaxassislari, biznes doira hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari turli davra suhbatlari, munozaralar, ochiq muloqotlar oʻtkazish orqali qamrab olinadi.
Keng jamoatchilik vakillari, mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida boʻlib oʻtishi kutilayotgan muhokamalar davomida kelib tushgan barcha fikr-mulohaza va takliflar natijasida Davlat dasturi loyihasi yanada takomillashtiriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

