| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi310 marta oʻqildi

Aviaqatnovlar va temir yoʻl qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

18 may kunidan boshlab Respublikaning ayrim hududlarida avia va temir yoʻl qatnovi qayta yoʻlga qoʻyiladi.

Aviaqatnovlar va temir yoʻl qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

2020 yil 18 may kunidan boshlab quyidagilarga ruxsat beriladi:

  • Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlarni (borish va qaytish) tiklash;

  • Toshkent shahridan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda Fargʻona vodiysiga temir yoʻl qatnovini (borish va qaytish) qayta yoʻlga qoʻyish.

Shu bilan birga avia va temir yoʻl qatnovlarini tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yoʻlovchilar sonini kamaytirish, dezinfeksiya qilish va boshqa sanitariya talablari soʻzsiz bajarilishi talab etiladi.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Karantin davrida mahalliy yoʻnalishlarda avia va temir yoʻl qatnovlarini yoʻlga qoʻyishning Vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi.

Mazkur Vaqtinchalik tartib talablarini buzish epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ