15 maydan boshlab ayrim faoliyat turlariga ruxsat beriladi
Amaldagi karantin talablari uzaytirildi, shu bilan birga ayrim faoliyat turlariga ruxsat berildi.

2020 yil 15 maydan boshlab quyidagi faoliyat turlariga ham ruxsat berilmoqda:
“Qizil” toifadagi hududlarda:
yakka tartibdagi hunarmandchilik;
avtomobillarga va qishloq xoʻjalik mashinalariga texnik xizmat koʻrsatish;
elektron qurilmalarni (kompyuter va maishiy texnika vositalari) va aloqa vositalarini taʼmirlash;
ijara va lizing xizmatlari;
buxgalteriya sohasiga oid xizmatlar (auditorlik, soliq maslahati va boshqalar) koʻrsatish
“Sariq” toifadagi hududlarda “qizil” toifadagi hududlarga qoʻshimcha ravishda:
rieltorlik faoliyati;
reklama va marketing faoliyati;
xususiy bandlik agentliklari faoliyati;
mehmonxonalarga oʻz oshxonalarida ovqat pishirish hamda xonalarga yetkazib berish;
park va istirohat bogʻlari (attraksionlar, koʻngilochar obʼyektlar hamda tezkor ovqat tayyorlash nuqtalari faoliyati bundan mustasno) faoliyati. Bunda park va istirohat bogʻlariga kirish karantin talablariga qatʼiy rioya qilgan holda soat 09-00 dan 20-00 ga qadar 2 nafar shaxsdan koʻp boʻlmagan guruhlarda (oilaviy guruhlar bundan mustasno) amalga oshiriladi.
“Yashil” toifadagi hududlarda “sariq” va “qizil” toifadagi hududlarga qoʻshimcha ravishda:
ochiq sunʼiy qoplamali sport oʻyingohlari (tashrif buyuruvchilar sonini cheklash sharti bilan, yechinish va yuvinish xonalaridan foydalanmagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);
kompyuter (skaner, nusxa koʻchirish, matn terish, chop etish) va poligrafiya xizmatlari;
muzeylar faoliyati (tashrif buyuruvchilar sonini cheklagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);
veterinariya xizmatlari;
binolarga xizmat koʻrsatish va landshaftni obodonlashtirish faoliyati.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

