| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi1 110 marta oʻqildi

15 iyundan vaziyat barqaror boʻlgan davlatlarga aviaqatnovlarga ruxsat berildi

15 iyundan Oʻzbekiston Respublikasidan aviaqatnovlar orqali belgilangan toifadagi shaxslar sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror boʻlgan davlatlarga kirish va chiqishi mumkin.

15 iyundan vaziyat barqaror boʻlgan davlatlarga aviaqatnovlarga ruxsat berildi

Koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq vaziyat yaxshilanib borayotgan mamlakatlar bilan xalqaro aviaqatnovlarni qayta yoʻlga qoʻyish, shuningdek, diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari xodimlari hamda investitsiya loyihalari doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 15 iyunidan quyidagi toifadagi shaxslarga aviaqatnovlar orqali sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror boʻlgan davlatlarga:

Oʻzbekiston Respublikasidan kirish va chiqishga ruxsat berildi:

  • xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari hamda ularning oila aʼzolari;

  • investitsiya loyihalari doirasidagi Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniya va boshqa tashkilotlar mutaxassislari;

  • davolanish uchun kelayotgan (chiqayotgan) shaxslar;

  • xorijda yaqin qarindoshlari yoxud ogʻir kasal boʻlgan qarindosh-urugʻlari mavjud boʻlgan shaxslar;

  • xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari soʻrovlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi orqali boshqa davlatlarga olib oʻtilayotgan (tranzit harakatlanayotgan) shaxslar;

  • Oʻzbekiston Respublikasida doimiy roʻyxatdan oʻtgan xorijiy davlat fuqarolari, doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek, xorijiy davlatda doimiy roʻyxatdan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;

  • oʻqish va mehnat faoliyatini davom ettirish uchun fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishga ruxsat berildi. Bunda, aviaqatnovlar sanitariya qoidalari va normalariga qatʼiy amal qilgan holda tashkil etiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ