103 telefon raqamiga ulanish vaqti 1,5 daqiqadan 15 soniyagacha qisqartirildi
103 telefon raqamiga murojaatlarning asosiy qismi kelib tushadigan vaqt oraligʻida (soat 18:00 dan 24:00 gacha) eng tajribali operatorlar xizmat koʻrsatadi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining tuman boʻlimlariga koronavirusga PSR-analizi olishga va tahlil javobini Respublika agentligiga yubormasdan, bevosita bemorlarga topshirish tartibi oʻrnatildi va bu orqali tahlil javoblarini kutish davri qisqaradi.
Bu haqda 20 iyul kuni “Toshkent shahri va poytaxt viloyatida pandemiya bilan bogʻliq holat hamda uni barqarorlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar” toʻgʻrisida oʻtkazilgan Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yigʻilishida aytib oʻtildi.
Toshkent shahri tez tibbiy yordam stansiyasida operatorlarning mehnat sharoiti yaxshilandi va bir smenada faoliyat olib borayotgan operatorlar soni 40 tadan 100 nafarga yetkazildi. Stansiyaga qoʻshimcha elektr tarmogʻi ulandi, brigadalar soni 250 tagacha koʻpaytirildi.
Bundan tashqari, Toshkent viloyati tez tibbiy yordam xizmati uchun jami 100 ta “Damas” ambulans mashinasi ajratildi, shulardan 25 tasi joylarga tarqatildi.
Poytaxt viloyatida koronavirus kasalligi gumonlangan shaxslarni davolash va nazoratini olib borish uchun 905 shifo oʻrin, diagnozi tasdiqlanganlar uchun 210 oʻrin statsionar shifoxonalar faoliyat koʻrsatmoqda va qoʻshimcha 350 zaxira oʻrin tayyorlab qoʻyildi.
“Oʻztelekom” korxonasi tomonidan uyali telefon apparatlari tarqatilmoqda.
Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash jarayoni uchun 49 xil turdagi dori vositalari zaxirasi uchun dastlabki 10 milliard soʻm pul ajratilishi rejalashtirildi.
Yigʻilishda taʼkidlanidek, 103 telefon raqamiga ulanish vaqti 1,5 daqiqadan 15 soniyagacha qisqartirildi, murojaatlarning asosiy qismi kelib tushadigan vaqt oraligʻida (soat 18:00 dan 24:00 gacha) eng tajribali operatorlar xizmat koʻrsatishi yoʻlga qoʻyildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

