| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi160 marta oʻqildi

1 yanvardan 40 yoshdan yuqori boʻlganlar qon-tomir xavfini aniqlash boʻyicha tekshiruvdan oʻtkaziladi

Tekshiruv markazlari xodimlari markaziy poliklinikalarda fuqarolarga xizmat koʻrsatadi.

1 yanvardan 40 yoshdan yuqori boʻlganlar qon-tomir xavfini aniqlash boʻyicha tekshiruvdan oʻtkaziladi

Prezident qaroriga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan 40 va undan yuqori yoshdagi fuqarolarda yurak qon-tomir xavfini (gipertoniya, infarkt, insult, qandli diabet va boshqa xavf omillarini) aniqlash boʻyicha tizimli ravishda skrining tekshiruvlari oʻtkaziladi.

Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazining tuman (shahar) boʻlimlari koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar binolarida joylashadi hamda ularning xodimlari fuqarolarga tibbiy-profilaktik xizmatlar (maslahatlar, koʻriklar va boshqalar) koʻrsatadi.

Sogʻlom turmush tarzini olib borishga bagʻishlangan markaziy, hududiy va nodavlat telekanallarda “Salomatlik soati” va boshqa maxsus telekoʻrsatuvlar tashkil qilinadi.

Vazirlar Mahkamasi huzurida Kasalliklar profilaktikasi va jamoat salomatligi masalalari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi komissiya tashkil qilindi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ