1 martdan boshlab viloyatlarda huquqshunoslik fakultetlari ochilishi mumkin
2020 yil 1 martdan boshlab viloyatlardagi oliy taʼlim muassasalarida innovatsion shakl va uslublarga moslashgan huquqshunoslik fakultetlarini ochilishi mumkin.

“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Prezidenti farmoni loyihasi va 2020 yil Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.
Jumladan, farmon loyihasida "keng jamoatchilik istaklarini va xalqaro ekspert jamoatchiligi tavsiyalarini inobatga olgan holda", quyidagi takliflarga rozilik berish nazarda tutilmoqda:
viloyatlardagi tegishli salohiyatga ega oliy taʼlim muassasalarida huquqshunoslik fakultetlarini ochish;
huquqshunos-pedogog kadrlar malakasini uzluksiz oshirish va ularni qayta tayyorlashning samarali tizimini yaratish;
oʻqitishning innovatsion shakl va uslublarini, yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol va situatsion mashgʻulotlar oʻtkazishni joriy etish nazarda tutiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

