| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi621 marta oʻqildi

1 apreldan Toshkentda uy olish uchun propiska talab qilinmasligi mumkin

2020 yil 1 apreldan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koʻchmas mulk xarid qilishda Oʻzbekiston fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega boʻlish talab qilinmasligi mumkin.

1 apreldan Toshkentda uy olish uchun propiska talab qilinmasligi mumkin

“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Prezidenti farmoni loyihasi va 2020 yil Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

Jumladan, farmon loyihasida "keng jamoatchilik istaklarini va xalqaro ekspert jamoatchiligi tavsiyalarini inobatga olgan holda", quyidagi takliflarga rozilik berish nazarda tutilmoqda:

  • 2020 yil 1 apreldan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koʻchmas mulk xarid qilishda Oʻzbekiston fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega boʻlish talab qilinmasligini koʻzda tutuvchi tartibni joriy etish;

  • Oʻzbekistonda doimiy istiqomat qiluvchi va respublikaning boshqa hududlarida doimiy propiskaga ega boʻlgan jismoniy shaxslarga Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uylarda koʻchmas mulk oldi-sotdisi shartnomalarini rasmiylashtirish uchun davlat bojining alohida stavkasini bekor qilish;

  • propiska tartibi bilan bogʻliq toʻsiqlarni izchillik bilan bekor qilish;

  • propiskaga qoʻyish bilan bogʻliq jarayonlar va ularni “yagona darcha” tamoyili asosida amalga oshirishning raqamlashtirilishini taʼminlash.

Muhokamaga kirib, oʻz fikringizni qoldirishingiz mumkin: http://2020.strategy.uz/

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ