| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi606 marta oʻqildi

“Zamonaviy maktab”lar tashkil etiladi

“Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori (PQ–4537-son, 26.11.2019 y.) qabul qilindi.

“Zamonaviy maktab”lar tashkil etiladi

“Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori (PQ–4537-son, 26.11.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, ilgʻor arxitektura yechimlari va energiya tejovchi texnologiyalar asosida barpo etiladigan hamda jihozlanadigan, xalqaro talablar asosida sifatli taʼlim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan “Zamonaviy maktab”lar tashkil etiladi.

Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK maktablarni “Zamonaviy maktab”larga qoʻyilgan talablar asosida baholash boʻyicha masʼul tashkilot etib belgilandi.

Shu munosabat bilan unga bir qator qoʻshimcha vazifalar yuklatildi.

Jumladan, maktablarni “Zamonaviy maktab”larga qoʻyilgan talablar asosida baholash orqali ularga muvofiqlik sertifikatini berish DUKning vazifalaridan biri hisoblanadi.

2020 yil 1 martdan boshlab davlat maktablarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash “Zamonaviy maktab”larni qurish va rekonstruksiya qilishning namunaviy loyihalari va jihozlash meʼyorlari asosida amalga oshiriladi.

Qaror bilan, shuningdek, 2020-2022 yillarda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini “Zamonaviy maktab” talablari asosida yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning asosiy parametrlari va manzilli dasturlari tasdiqlandi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ