Yosh vatandoshimizning YeOIIga kirish masalasiga doir fikrlari xususida...
2019 yil 4 noyabrda Kun.uz saytida Tokio universiteti talabasi Bekzod Zakirovning “Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi «yangi Yevropa ittifoqi» boʻla oladimi?” nomli maqolasini oʻqib qoldim. Maqola menda gʻalati va qarama-qarshi hislar uygʻotdi.

2019 yil 4 noyabrda Kun.uz saytida Tokio universiteti talabasi Bekzod Zakirovning “Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi «yangi Yevropa ittifoqi» boʻla oladimi?” nomli maqolasini oʻqib qoldim. Maqola menda gʻalati va qarama-qarshi hislar uygʻotdi. Avvalo, uzoq Tokioda tahsil olayotgan yosh tolib hamyurtimizning Vatanimiz kelajagi haqida kuyunib maqola yozganligi tahsinga sazovor. Lekin mazkur maqolaning ayrim fikrlari menda qator savollar uygʻotdi.
Muallifning “Koʻp mutaxassislar masalaga Oʻzbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy holati va uning savdo munosabatlari nuqtai nazardan yondashib, YeOIIga aʼzolik hozircha maqsadga muvofiq emas, degan xulosaga keldi”, degan fikriga qoʻshilolmayman. Negaki, men ham shu munozaralarni kuzatib boryapman. Va ekspertlarning mutloq koʻpchiligi Oʻzbekistonning YeOIIga kirishi maqsadga muvofiq ekanligini yoqlashayotganligini koʻrib turibman.
Zakirov yana yozyapti: ... “bu ittifoqning vujudga kelishida koʻproq siyosiy omillar, aʼzo davlatning tashqi savdo, ishchi kuchi va bojxonaga taalluqli iqtisodiy masalalaridan koʻra koʻproq elitalarning tor manfaatlari koʻzlangan”. Talaba vatandoshimiz “koʻproq elitalarning tor manfaatlari koʻzlangan”ligi haqidagi xulosasi asoslanmagan, u quruq axborot shaklida berilgan.
Yosh vatandoshimning keyingi xulosasi ham menday ancha-muncha hodisalarni koʻrgan shaxsni ham yanada hayratlantiradi: “Rossiya tashqi savdosida ittifoqning roli unchalik katta boʻlmasada, mana ikki-uch yildan beri Rossiya hukumati tashkilotga yangi aʼzolar olib kirish harakatida. Buning ortida 2014 yildan eʼtiboran Gʻarb davlatlari tomonidan qoʻyilgan sanksiyalar tasirini kamaytirish va siyosiy barqarorlikni ushlab qolish maqsadi yotadi”... Lekin keyin bu xulosasiga oʻzi qarshi chiqyapti: “Buni tashkilotning asosiy asoschisi boʻlmish Rossiyaning yillar davomida tashkilotga beparvoligida koʻrish mumkin. Geosiyosiy muammolar girdobida qolayotgan Rossiyaning qay darajada YeOIIni rivojlantira olishi soʻroq ostida turibdi”. Qarang, bular bir-biriga zid fikrlar-ku?! Muallifning qaysi gapiga ishonaylik?
Zakirovning quyidagi fikrlariga eʼtibor bering: “Ittifoq ishlari demokratik institutlarga emas, balki yakkahokimlik uslubida ish tutadigan shaxslarga bogʻlanib qolgan”. Yaʼni u aytmoqchiki, mazkur Ittifoqda boshqaruv toʻlaligicha ayrim shaxslarga bogʻlanib qolgan. Nima, yosh talabaning axborot olish imkoniyatlari shu darajada chuqurmi?
Uning keyingi xulosasi yanada hayratlanarli: “Maʼlum shaxslarning kuchiga bogʻlangan ittifoqning taqdiri siyosiy oʻtish davriga tayyorlanayotgan Rossiyada vaziyat oʻzgarib qolsa nima boʻladi, degan savol koʻndalang boʻlmoqda”...
Bu maqolani oʻqib boʻlgandan keyin menda “yosh vatandoshimiz Tokio universitetining qaysi fakultetida taʼlim olayotgan ekan”, degan haqli savol ham paydo boʻldi! Chunki Bekzod Zakirovning jahon siyosiy va iqtisodiy maydonida yuz berayotgan voqealardan chuqur xabardorligi va yuksak mushohada darajasi uning timsolida ajoyib siyosatshunos ekspert paydo boʻlayotganligidan darak bermoqda! Men bu fikrni chin yurakdan yozdim. Chunki Bekzod Zakirovning koʻp fikrlariga qoʻshilmagan boʻlsamda, lekin uning talantli siyosatshunos boʻlib shakllanib boʻlganligi ushbu maqolasidan koʻrinib turibdi!
Odil Olimjonov,
iqtisod fanlari doktori, professor
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

