Yaponiyaning Isuzu Motors va Itochu Corporation kompaniyalari Oʻzbekiston avtomobilsozlik sohasiga investitsiya kiritmoqda
16 dekabr kuni Tokio shahrida Oʻzbekiston-Yaponiya biznes-forum boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda Yaponiyaning 500 dan ortiq kompaniyalari va tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.

16 dekabr kuni Tokio shahrida Oʻzbekiston-Yaponiya biznes-forum boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda Yaponiyaning 500 dan ortiq kompaniyalari va tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
Shuningdek, forumda Yaponiya Bosh vazirining oʻrinbosari, moliya vaziri T.Aso, Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO), Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi, Yaponiya Biznes Federatsiyasi (KEYDANREN) rahbarlari ham qatnashdilar.
Forum dasturi oʻz ichiga Yalpi majlis hamda iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari – neft-gaz va neft-kimyo tarmoqlari, avtomobilsozlik, mashinasozlik va elektrotexnika, oziq-ovqat, toʻqimachilik va ipak sanoati, charm kiyim-kechak va charm-attorlik mahsulotlarini ishlab chiqarish, infratuzilma qurilishi va turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish salohiyatini yoritishga bagʻishlangan qator seksion sessiyalarini qamrab oldi. Forum ishtirokchilari Oʻzbekistonda investitsiya va tashqi savdo faoliyatini olib borish uchun muayyan sektorda yaratilgan shart-sharoitlar bilan batafsil tanishish, hamkorlikning oʻzaro manfaatlari va istiqbollarini muhokama qilish hamda kelgusida birgalikda ishlab chiqish maqsadida, aniq loyiha takliflarini koʻrib chiqish imkoniga ega boʻldilar.
Forum yakunida qoʻshma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish borasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Xususan, idoralararo darajada Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligining Savdo siyosati byurosi oʻrtasida iqtisodiy va sanoat hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandum imzolandi. Shuningdek, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Yaponiya iqtisodiyot va energetika instituti oʻrtasida oʻzaro munosabatlar yoʻlga qoʻyiladi – Issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish dasturi va Oʻzbekiston taraqqiyotining bosh rejasi birgalikda ishlab chiqiladi.
Navoiy viloyatida Yaponiya neft, gaz va metallar milliy korporatsiyasi (JOGMEC) ishtirokida geologik izlanishlar olib boriladi, Yaponiya tibbiy uskunalar sohasida tashqi texnik yordam koʻrsatish tashkiloti (OMETA) esa Toshkentda Yaponiya-Oʻzbekiston tibbiyot axborot markazini tashkil etishni reja qilmoqda. Yaponiyaning Isuzu Motors va Itochu Corporation kompaniyalarining "Oʻzavtosanoat" AJ bilan hamkorligi orqali avtomobilsozlik sohasiga yirik investitsiyalar jalb qilinadi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston tijorat banklari MUFG Bank va Sumitomo Mitsui Banking bilan kichik va oʻrta biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha qator hujjatlarni imzoladilar.
Forumning Yalpi va seksion yigʻilishlari yakuni bilan energetika, togʻ-kon sanoati va kimyo tarmoqlari, avtomobilsozlik, yengil sanoat, oziq-ovqat, farmatsevtika, sogʻliqni saqlash va inftratuzilma qurilishi sohalarida investitsiya kelishuvlari va savdo shartnomalari imzolandi.
Biznes-forum Oʻzbekiston va Yaponiya ishbilarmon doiralarining keng koʻlamli yoʻnalishlardagi ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini yoritish uchun samarali maydon boʻlib, yangi investitsiya tashabbuslari va savdo bitimlarini amalga oshirish orqali erishilgan kelishuvlarni mustahkamlash va sheriklik koʻlamini kengaytirish uchun tegishli sharoit yaratish imkonini berdi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Matbuot xizmati
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

