| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi

Oʻzbekiston Yaponiya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi

2020 yil 1 martdan paritet asosda Yaponiya TIV tomonidan berilgan diplomatik yoki rasmiy pasport egalari boʻlgan Yaponiya fuqarolari 90 kungacha Oʻzbekistonga vizasiz kirish tartibi belgilandi.

Oʻzbekiston Yaponiya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi

"Diplomatik yoki rasmiy pasporti egalari boʻlgan Yaponiya fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasiga vizasiz kirish rejimini liberallashtirish toʻgʻrisida"gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2020 yil 1 martdan paritet asosda Yaponiya TIV tomonidan berilgan diplomatik yoki rasmiy pasport egalari boʻlgan Yaponiya fuqarolari:

  • Oʻzbekistonda diplomatik yoki konsullik faoliyatini amalga oshirish va Yaponiya Hukumati vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan, shu jumladan ular bilan doimiy yashaydigan oila aʼzolari uchun Oʻzbekistonda boʻlish muddatiga;

  • boshqa maqsadlarda 90 kungacha Oʻzbekistonga vizasiz kirish tartibi belgilandi.

Vizasiz kirish tartibi Oʻzbekistonga mehnat, kasbiy va boshqa faoliyatni amalga oshirish yoki doimiy yashash uchun keladigan Yaponiya fuqarolariga tatbiq etilmaydi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ