Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida oʻzgarishlar boʻldi
Oʻzbekiston hukumatining ijro etuvchi tuzilmasi yangilandi. Yangi lavozimlar joriy etildi, Bosh vazirga bir qator yangi vazifalar yuklandi.

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlandi.
Quyidagi lavozimlar kiritildi:
Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari;
Bosh vazir maslahatchisi – IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi;
Bosh vazir maslahatchisi – Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi.
Qarorga koʻra, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida quyidagilar tugatildi:
Bosh vazirning taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi;
Bosh vazirning sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi;
Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati;
Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati.
Shuningdek, qaror bilan Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, yoshlar, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyati tashkil etildi.
Qaror bilan Bosh vazirga bir qator yangi vazifalar yuklandi.
Bosh vazir, jumladan, IT-texnologiyalar, “elektron hukumat”ni joriy etish, axborot xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, telekommunikatsiyalar, ilm-fan, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirishni taʼminlash faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

