| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 512 marta oʻqildi

Sinov tariqasida chiqindilarni saralagan holda yigʻish tajribasi boshlandi

3 dekabr kuni poytaxtimizdagi 144-maktabda chiqindilarni saralagan holda yigʻish tajribasi uchun tanlangan Yakkasaroy tumani, Muqimiy nomidagi mahalla aholisi bilan yigʻilish oʻtkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Sinov tariqasida chiqindilarni saralagan holda yigʻish tajribasi boshlandi

3 dekabr kuni poytaxtimizdagi 144-maktabda chiqindilarni saralagan holda yigʻish tajribasi uchun tanlangan Yakkasaroy tumani, Muqimiy nomidagi mahalla aholisi bilan yigʻilish oʻtkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Mahallaning barcha uylari uchta plastik va qogʻoz uchun alohida, oziq-ovqat chiqindilari uchun alohida va boshqa turdagi chiqindilar uchun alohida urnalar bilan taʼminlanadi. Shuningdek, shisha va zararli chiqindilar (quvvat batareyalari, lampalar, telefon va televizorlar) alohida yigʻiladi. “Maxsustrans IChB" DUK mashinalari haftaning maʼlum bir kunida chiqindilarning maʼlum turlarini olib ketishadi.

Yigʻilishda “Maxsustrans IChB” DUK bosh direktorining oʻrinbosari Sherzod Kattaxodjayev soʻzga chiqib, chiqindilarni saralash zaruriyati, ularni yigʻish va qayta ishlash jarayoni haqida soʻzlab berdi. Ruhshunos Raisa Tojiboyeva esa tushuntirish ishlarini olib borib, qaysi turdagi chiqindi qayerga tashlanishi kerakligini koʻrsatdi. Barchasi oddiy va tushunarlidek tuyuladi, lekin tasniflash qiyin boʻlgan chiqindilar ham uchraydi, ularni umumiy chiqindilarga tashlash tavsiya etiladi. Plastik idishlar qayta ishlangandan soʻng ishlab chiqariladigan plastik paxta koʻrsatilib, u yumshoq mebel anjomlarini ichini toʻldirish va devor qoplamalari orasini isitish uchun qoʻllanishi tushuntirildi.

Avval xabar berganimizdek, 2028 yilga qadar shahar tashqarisida toʻrtta chiqindilarni qayta ishlash zavodi qurilib, ularda chiqindilarning 60% qayta ishlanadi. Hozirda esa Yakkasaroy tumanida “Ekologiya” MChJ bilan hamkorlikda chiqindilarning 8 turi saralanib, qayta ishlanmoqda. Avvaldan saralangan chiqindilarni qayta ishlash tezroq kechadi, aynan saralash eng qiyin jarayon, uni aholi yordamida amalga oshirish, chiqindilarni qayta ishlash va yoʻq qilishni sezilarli darajada osonlashtiradi.

Eslatib oʻtamiz, Toshkentda har yili oʻtgan yilgilarga nisbatan chiqindilar toʻplanishi 6 foizga ortib bormoqda. Agar vaziyatni oʻzgartirmasak 15 yildan keyin bu koʻrsatkich ikki barobar ortadi va uni olib chiqish hamda yoʻq qilish juda qiyinlashadi. Bu yoʻnalishda barcha mamlakatlar ketayotgan yagona yoʻl chiqindilarni qayta ishlashdir, lekin buning uchun chiqindilarni saralash zarur.

Tajriba natijalarini tahlil qilish va baholash uchun kutib qolamiz.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ