| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi739 marta oʻqildi

Humo Air aviakompaniyasi tariflari amaldagidan ancha arzon boʻladi

Oʻzbekiston bosh vaziri lavozimiga nomzod Abdulla Aripov 2020 yilda Humo Air davlat aviakompaniyasi tashkil etilishini maʼlum qildi.

Humo Air aviakompaniyasi tariflari amaldagidan ancha arzon boʻladi

Oʻzbekiston bosh vaziri lavozimiga nomzod Abdulla Aripov 2020 yilda Humo Air davlat aviakompaniyasi tashkil etilishini maʼlum qildi.

«Aviatsiya sanoatida raqobat muhitini yaratish uchun bu yil Humo Air davlat aviakompaniyasi ishga tushiriladi», dedi Abdulla Aripov shanba kuni Liberal-demokratik partiyasi (OʻzLiDeP) Siyosiy Kengashining yigʻilishida hukumat rahbari sifatida ish rejasini taqdim etar ekan.

«Mazkur aviakompaniya tomonidan dastlab respublikamiz ichida, yana qaytarib oʻtaman — ichida amaldagidan ancha arzon narxlarda muntazam aviareyslar qatnovini amalga oshirish masalasini muhtaram Prezidentimiz hukumatimiz oldiga keskin qoʻydi va buni men oʻylaymanki, 2020 yilda biz uni, albatta, tashkillashtirib, bajaramiz», — dedi Abdulla Aripov yigʻilish qatnashchilari qarsaklari ostida.

Uning taʼkidlashicha, hukumat, shuningdek, Samarqand va Termiz aeroportlarini rekonstruksiya qilishni va amaldagi «Oʻzbekiston havo yoʻllari» aviakompaniyasining samolyotlar parkini yangilashni rejalashtirmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ