Paxta terimini mexanizatsiyalash jadallashtiriladi
“Respublika hududlarida paxta hosili terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

“Respublika hududlarida paxta hosili terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori (21-son, 14.01.2020 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq:
birinchi bosqichda (2020 – 2022 yillar) Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida;
ikkinchi bosqichda (2023 – 2026 yillar) respublikaning qolgan hududlarida paxta hosilini yigʻishtirib olishni mexanizatsiyalashni joriy etish jadallashtiriladi.
Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi paxta terish mashinalari xizmatidan foydalanganlik uchun xarajatlarning 30 foizini Moliya vazirligi tomonidan qoplab berish amaliyoti 2020 yilda saqlab qolinadi.
Qaror bilan 2020 – 2026 yillarda respublikada paxta terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish va paxta terish mashinalarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari rejasi maʼqullandi.
Shuningdek, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ tizimidagi tashkilotlarga istisno tariqasida:
tender oʻtkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar sotib olishga, transport xizmatlari va boshqa xizmatlar boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga;
butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni import qilishda tovarlar erkin muomala (import) uchun chiqarishning bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab QQS toʻlashni 270 kun kechiktirib amalga oshirishga ruxsat berildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

