YuNESKO delegatsiyasi bilan uchrashuv
Joriy yilning 12 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida YuNESKO vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 12 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida YuNESKO vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Mazkur delegatsiyaning yurtimizga tashrifidan koʻzlangan asosiy maqsadi Oʻzbekistonda inklyuziv fan tizimini mustahkamlashga, texnologiyalar va innovatsiyalarga koʻmaklashishdan iborat.
Uchrashuvda YuNESKOning ilm-fan, texnologiya va innovatsion siyosati boʻyicha (STI) maslahatchisi Sirin Elchi, YuNESKOning Olmaota byurosida STI siyosati boʻyicha maslahatchisi Kristina Tovmasyan hamda STI boʻyicha maslahatchi Nasiba Muxitdinova ishtirok etishdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston tomonidan Markaz direktori Obid Xakimov, direktor oʻrinbosari Umid Abidxajayev, bosh ilmiy xodim Muxsinjon Xolmuxamedov va birinchi hukumat akseleratori boʻyicha bosh ilmiy xodim Alisher Xalmurzayev ishtirok etishdi.
Mehmonlarga markaz faoliyati katta qiziqish uygʻotdi va Markazning asosiy vazifalari va faoliyati hamda birinchi hukumat Akseleratorining asosiy yoʻnalishlari bilan tanishdi.
Shuningdek, Markaz direktori mehmonlarga ilmiy xodimlar tomonidan olib borilayotgan dolzarb tadqiqotlar haqida maʼlumot berdi. Xususan, YeOII va JST doirasida integratsiya jarayonlarining taʼsirini va batafsil tahlilini baholash boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilayotgani taʼkidlandi.
Oʻz navbatida, YuNESKO vakillari Oʻzbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan soʻnggi oʻzgarishlar va islohotlar juda muhim va oʻz vaqtida amalga oshirilayotganini taʼkidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Oʻzbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni ijobiy hal etishda STI bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
jamoatchilik bilan aloqalar xizmati
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

