Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida akselerator laboratoriyalar faoliyati muhokama qilindi
2019 yil 26 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida BMT bosh kotibining maslahatchisi, BMTTD maʼmurining maxsus maslahatchisi Abdulay Mar Diye bilan uchrashuv tashkil etildi.

2019 yil 26 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida BMT bosh kotibining maslahatchisi, BMTTD maʼmurining maxsus maslahatchisi Abdulay Mar Diye bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda BMTTDning Oʻzbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska, BMTTDning Oʻzbekistondagi doimiy vakili oʻrinbosari Doyna Muntyanu va BMTTDning Oʻzbekistondagi loyiha menejeri Diyora Qobulova ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi "Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari" ilmiy-tadqiqot markazi, "Yuksalish" umummilliy harakati, Moliya vazirligi huzuridagi byudjet-soliq tadqiqotlari instituti, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti rahbarlari va ilmiy xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuvdan koʻzlangan maqsad Abdulay Mar Diyeni Oʻzbekistondagi ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, mamlakatimizni rivojlantirishda ilmiy markazlarning oʻrni, Oʻzbekistonda hukumat qarorlarini tayyorlashda ilmiy-tahliliy qoʻllab-quvvatlash sohasidagi hamkorlikka oid turli masalalar yuzasidan fikr almashish, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qilishdan iborat edi.
Davra suhbatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi "Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda iqtisodiy tadqiqotlar sifati va rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan markaz faoliyati va Markaz oldiga qoʻyilgan yangi vazifalar haqida soʻzlandi, shuningdek, mamlakatimiz rahbariyati tomonidan respublikada ilmiy-tahliliy muassasalar faoliyatini rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor haqida toʻxtalib oʻtildi.
Oʻz navbatida Abdulay Mar Diye respublikada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yuqori baholadi. Oʻzbekiston hukumatining ilmiy-tahlil markazlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qarorlarini olqishladi.
Uchrashuvda BMTTDning rivojlanish sohasidagi eng muhim tashabbusi, dunyoning 60 mamlakatida tashkil etilgan akselerator laboratoriyalarni yaratish haqida soʻzlab berdi.
Akselerator laboratoriyalarining faoliyati jamoatchilik muhokamasi va manfaatdor ishtirokchilar tomonidan mavjud muammolarni hal qilish uchun platforma yaratishni oʻz ichiga oladi, chunki ularning muammolari mohiyatini va ularni hal qilish yoʻllarini koʻproq tushunish lozim.
Uchrashuvda BMTTD vakillari global iqtisodiy siyosat markazlari bilan yaqin munosabatlarni yoʻlga qoʻyishda Oʻzbekiston ilmiy-tadqiqot markazlarini faol qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Abdulay Mar Diyening fikricha, xalqaro reyting agentliklari mamlakatning iqtisodiyotini rivojlantirish imkoniyatlarini nafaqat mamlakatda foyda olish uchun imkoniyatlar mavjudligi nuqtai nazaridan, balki mamlakatda barqaror rivojlanish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar nuqtai nazaridan baholashi kerak.
Uchrashuv yakunida oliy martabali mehmon BMTTD Oʻzbekistonning rivojlanishi bilan bogʻliq jarayonlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga, jumladan, keyingi uch yilda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatli tajribasini hisobga olgan holda ilmiy-tadqiqot salohiyatini kuchaytirishga tayyorligini bildirdi.
Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi "Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda iqtisodiy tadqiqotlar sifati va rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" gi qaroriga muvofiq Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar akseleratorining ishchi organi tashkil etildi.
Akselerator ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasidagi keskin muammolarni tezkor va samarali hal etish uchun davlat organlari va tashkilotlarning resurslarini safarbar etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
jamoatchilik bilan aloqalar xizmati
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

