Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida Jahon banki missiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 16 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida Jahon banki missiyasi guruhi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 16 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida Jahon banki missiyasi guruhi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Sandip Mahadjan (Jahon bankining makroiqtisodiy amaliyot, savdo va sarmoyalar boʻyicha menejeri) boshchiligidagi uchrashuv Jahon banki missiyasining mamlakatimizga tashrifi doirasida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbariyati yangi Markazning vazifalari haqida toʻxtalib oʻtdi. Xususan, mehmonlarga tadqiqotchilar tomonidan olib borilayotgan tadqiqot ishlari haqida maʼlumot berildi. Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YeOII) tarkibidagi integratsiya jarayonlarining taʼsirini baholash boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilayotgani, aʼzolik Oʻzbekiston iqtisodiyotining muayyan sektoriga qanday taʼsir qilishi mumkinligi haqida tahliliy ishlar olib borilayotgani taʼkidlandi.
Markaz mutaxassislari Oʻzbekistonning YeOIIga aʼzolik boʻlishi mumkin boʻlgan oqibatlariga oʻz baholarini taqdim etdilar, shuningdek, savdo siyosatidagi oʻzgarishlarning Oʻzbekiston makroiqtisodiy koʻrsatkichlariga, alohida tarmoqlarga taʼsiri haqida soʻz yuritdilar.
Oʻz navbatida, Jahon banki missiyasi aʼzolari ushbu tadqiqotga alohida qiziqish bildirdi. Shu bilan birga, mehmonlar Oʻzbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan soʻnggi oʻzgarishlar va islohotlar juda muhim va oʻz vaqtida amalga oshirilayotganini taʼkidladilar.
2017 yilda Oʻzbekistonda boshlangan islohotlarning amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun: Jahon banki missiyasi Oʻzbekistonga tashrif buyurib, Oʻzbekistonning ikkinchi tizimli mamlakat bahosini (SDS-2) va islohotlar siyosatini moliyalashtirishni qoʻllab-quvvatlash uchun uchinchi loyihani (DPO-3) tayyorlashni boshlaydi. SDS qashshoqlikni kamaytirish va aholining barcha qatlamlari farovonligini oshirish yoʻlidagi toʻsiqlar haqida toʻliq maʼlumot beradi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xodimlari 2020 yilda Oʻzbekiston hukumati olib borayotgan keng koʻlamli islohotlarining asosiy yoʻnalishlari: savdoni erkinlashtirish, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy rivojlanish, makroiqtisodiy siyosat, investitsiya, infratuzilma va mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, raqobatni qoʻllab-quvvatlash, qishloq xoʻjaligi, xizmat koʻrsatish sohasi boʻyicha oʻzlarining taklif va mulohazalarini bildirdilar.
Uchrashuv yakunida 2020 yilda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tadqiqotlar dasturi asosida yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

