Toshkent davlat sharqshunoslik institutida yaponshunoslik fakulteti tashkil etildi
2019 yil 4 dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida yaponshunoslik fakultetining rasmiy ochilish marosimiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

2019 yil 4 dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida yaponshunoslik fakultetining rasmiy ochilish marosimiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Jahon miqyosida yetakchi oʻrinni egallab turgan kunchiqar oʻlka – Yaponiya bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi muhim siyosiy-iqtisodiy jarayonlar kechayotgan davrda yaponshunoslik sohasida mutaxassis kadrlar tayyorlash va yetishtirish kabi dolzarb vazifani amalga oshirishda ToshDShIda maxsus yaponshunoslik fakultetining ochilishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Shu munosabat bilan, yangi fakultetning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari A.A.Abduhakimov, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U.Madjidov, Yaponiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Fudjiyama Yoshinori janoblari va boshqa fan-taʼlim doiralari vakillari ishtirok etdi.
Bugungi kunda yapon tilini oʻrganish boʻyicha dunyodagi eng faol davlatlardan biri sanalmish Oʻzbekistonda yaponshunoslik sohasini rivojlantirish boʻyicha Toshkent davlat sharqshunoslik instituti yetakchi oʻrinni egallaydi. 1992 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida tashkil etilgan Yapon filologiyasi kafedrasi nafaqat Oʻzbekistonda, balki butun Oʻrta Osiyoda yapon tilini oʻqitish boʻyicha ochilgan birinchi oʻquv maskani sanaladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

