| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 170 marta oʻqildi

Toshkentda toʻrtta koʻp tarmoqli klinika qurilishi rejalashtirilmoqda

Hozirgi kunda Toshkent shahridagi aholi soni koʻpayib borayotganligi sababli tibbiyot xizmatlariga ehtiyoj ham ortib bormoqda.

Toshkentda toʻrtta koʻp tarmoqli klinika qurilishi rejalashtirilmoqda

Hozirgi kunda Toshkent shahridagi aholi soni koʻpayib borayotganligi sababli tibbiyot xizmatlariga ehtiyoj ham ortib bormoqda.

Shuni inobatga olgan holda Toshkent shahrida 100% davlat tasarrufida boʻladigan 4 ta koʻp tarmoqli klinika qurish koʻzda tutilgan. Ular 1-Tibbiyot Akademiyasi, Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji, 2-Tibbiyot Akademiyasi hamda Gulshan bogʻi hududlarida barpo etilishi rejalashtirilgan.

Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi ushbu bogʻ hozirgi kunda qarovsiz ahvolga kelgan. Uning hududida koʻp tarmoqli tibbiyot klinikasi qurilishi barobarida atrofi ham obodonlashtiriladi.

Shuni aytish joizki, qurilish-loyiha ishlari bogʻdagi daraxtlarni inobatga olgan holda olib boriladi. Prezident qarori bilan eʼlon qilingan moratoriyga zid kelmagan holda katta daraxtlar joyida qolib, kichik daraxtar perimetr boʻylab boshqa joylarga oʻtkaziladi. Buni amalga oshirish maqsadida maxsus texnika xarid kilingan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ