Poytaxtimizda “Hilton Hotels & Resorts” brendi ostida ilk mehmonxona ochildi
“Tashkent City”dagi 21 qavatli “Hilton” mehmonxonasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar qiladi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

14 dekabr kuni “Tashkent City”dagi 21 qavatli “Hilton” mehmonxonasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar qiladi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Ushbu mehmonxona tadbirlar uchun barcha zallarning tabiiy yoritishga egaligi bilan Toshkentda yagonadir. Bundan tashqari mehmonxona 4 ming odamli sigʻimga ega Kongress-markazining yonida joylashgan.
Barcha anjuman zallari 1 va 2-qavatlarda joylashgan boʻlib, anjuman va boshqa tadbirlar davomida mehmonlarning harakatlanishini osonlashtiradi.
“Hilton”ning tadbirlar oʻtkazish uchun moʻljallangan umumiy maydoni 2 453 kvadrat metrni tashkil qilib, oʻz ichiga 5 ta koʻp funksiyali anjumanlar zalini hamda yozgi ayvonga chiqadigan keng banketlar zalini oladi.
Mazkur mehmonxona “Hilton” tarmogʻiga asos solinganiga 100 yil toʻlgan sanada ochilishi ham eʼtiborga sazovor boʻlib, Toshkentdagi otel dunyoning koʻplab mamlakatlarida faoliyati yurituvchi mehmonxonalar tarmogʻida oʻzining munosib oʻrnini egallaydi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

