| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi2 005 marta oʻqildi

Tashqi savdo operatsiyalari: valyuta va tovarlar kelib tushsa, jarima boʻlmaydi

Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazorati toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi

Tashqi savdo operatsiyalari: valyuta va tovarlar kelib tushsa, jarima boʻlmaydi

Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazorati toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi (24.10.2019 yildagi PF-5856-son Farmonga qarang).

Eslatib oʻtamiz, qonunchilikda muddatlar belgilangan:

a) import kontraktlari boʻyicha – tovarlarni respublikaga olib kirish va “erkin muomala uchun chiqarish” rejimiga rasmiylashtirish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish yoki ular uchun toʻlangan pul mablagʻlarini qaytarish muddati (Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomning 13-bandiga qarang);

b) eksport operatsiyalari boʻyicha - tushum tushishi yoki tovarlarni qayta olib kirish muddati (shu yerda 14-bandga qarang).

Agar koʻrsatilgan muddatlar 30 (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlari uchun - 60) bank kunidan ortiq buzilgan boʻlsa, TIF ishtirokchisidan respublika byudjeti daromadiga jarima undiriladi. Uning miqdori oʻtkazib yuborilgan umumiy muddatga bogʻliq boʻlib, tushmagan valyuta yoki oʻz vaqtida rasmiylashtirilmagan tovarlar (bajarilmagan ishlar, koʻrsatilmagan xizmatlar) summasiga karrali ravishda hisoblab chiqiladi: 180 kungacha – 10%, 180 kundan 365 kungacha – qoʻshimcha 20%, 365 kundan ortiq – qoʻshimcha 70%.

Biroq, yangi qoidalarga binoan mahalliy import qiluvchilar va eksport qiluvchilar jarima qoʻllanilishining oldini olish va hatto byudjetga undirilgan jarimani qaytarib olish imkoniyatiga egalar. Buning uchun valyuta eksport qiluvchilarga tushishi, import qiluvchilar esa tovarlarni olib kirishlari va rasmiylashtirishlari (ishlar bajarilishini va xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlashlari) lozim:

  • jarimani qoʻllash masalasini koʻrib chiqish paytiga kelib – bu holda jarima qoʻllanilmaydi;

  • sudning jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorini ijro etish paytiga kelib - qoʻllanilgan jarima toʻlanmaydi;

  • jarima qoʻllanilganidan keyin 90 kunlik muddat ichida - toʻlangan jarima Davlat byudjetidan qaytarib berilishi lozim. Qaytarish tartibini Hukumat bir oy muddatda aniqlashtiradi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ