Oʻzbekistonda oktyabr oyida inflyasiya darajasi 1,5 foizni tashkil etdi
2019 yilning oktyabrida oʻrtacha isteʼmol narxlari darajasining oy davomidagi oʻsish surʼati 1,5 foizni tashkil etdi.

2019 yilning oktyabrida oʻrtacha isteʼmol narxlari darajasining oy davomidagi oʻsish surʼati 1,5 foizni tashkil etdi.
Davstatqoʻm xabariga koʻra, umumiy hisobda 2019 yilning yanvar-oktyabr oylari davomida isteʼmol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi 11,4 foizga qimmatlashdi.
2018 yilning oktyabr oyiga nisbatan respublika isteʼmol sektoridagi oʻrtacha narxlar darajasi 16,3 foizga oshgan.
Taqqoslash uchun: 2018 yilning oktyabrida tovar va xizmatlar narxlari oy davomida oʻrtacha 1,3 foizga, 2017 yilning dekabr oyiga nisbatan 9,5 foizga, 2017 yilning oktyabriga nisbatan esa 16,3 foizga qimmatlashgan.
Oʻrtacha oylik narx indekslari oʻsish surʼatining hisoblanish tartibiga koʻra, 2019 yilning yanvar-oktyabr oylari davomidagi isteʼmol narxlari indeksi 1,1 foizni, 2018 yilning yanvar-oktyabrida esa 0,9 foizni tashkil etgan. Shunday qilib, oktyabr oyi davomida umumiy isteʼmol narxlari indeksi joriy yilning yanvar-oktyabr oylaridagi oʻrtacha oylik oʻsish surʼati koʻrsatkichidan 0,4 darajaga yuqori boʻldi.
2019 yilning yanvar-oktyabr oylari davomidagi narxlarning eng yuqori oʻsishi va pasayishi avgust (oʻsish surʼati 2,9 foiz) hamda iyun (pasayish darajasi 0,5 foiz) oylariga toʻgʻri keladi.
Taqqoslash uchun: oʻtgan yilning mos davridagi qisqa davrli oylik isteʼmol narxlari indeksi dinamikasi tahlili natijalariga koʻra, umumiy koʻrsatkichning eng yuqori oʻsishi yanvar oyida (2,7 foiz), sezilarli darajada pasayishi esa iyun oyida (0,4 foiz) qayd etilgan.
Oʻtgan oyga nisbatan avgust oyidagi umumiy isteʼmol narxlari indeksi nafaqat joriy yilning yanvar-oktyabr oylari davomidagi, balki 2018 yilning yanvaridan 2019 yilning oktyabr oyigacha boʻlgan davrdagi eng yuqori koʻrsatkich boʻlib sanaladi.
2019 va 2018 yillarning oʻn oyi davomidagi qisqa davrli oylik umumiy isteʼmol narxlari indeksi taqqoslash natijalari shuni koʻrsatmoqdaki, koʻrsatkichlar orasidagi maksimal chekinish yana avgust oyida (2019 yildagi 2,9 foizga qarshi 2018 yildagi 0,3 foiz), oktyabr oyidagi farq esa bor yoʻgʻi 0,2 darajani tashkil etgan (2019 yil oktyabrdagi 1,5 foizga qarshi 2018 yil oktyabr oyidagi 1,3 foiz).
Oʻtgan yilning dekabr oyiga nisbatan 2018 va 2019 yillarning birinchi oʻn oyi davomidagi isteʼmol narxlari indeksi natijalariga asosan, yanvar oyidan iyul oyiga qadar koʻrsatkichlar orasidagi tafovut avgust, sentyabr va oktyabr oylari oʻrtasidagi farq kabi ahamiyatli emas edi. Shunday qilib, birinchi yetti oylik koʻrsatkichlar orasidagi diapazon yanvar oyida qayd etilib (2,7 foizga qarshi 1,5 foiz yoki 1,2 darajada), avgust oyiga kelib farqlanish darajasi 2,0 darajani (6,2 foizga qarshi 8,2 %), sentyabr oyida 1,6 darajagacha pasayib (9,7 foizga qarshi 8,1 foiz), oktyabr oyida yana 1,9 darajagacha koʻtarilgan (11,4 foizga qarshi 9,5 foiz).
Oʻtgan yilning mos oyidagi koʻrsatkichga nisbatan joriy yilning oktyabr oyida yillik umumiy isteʼmol narxlari indeksi oʻtgan oyga nisbatan 0,3 darajaga koʻtarilgan. Bunda, joriy yilning ilk yetti oyi davomida kuzatilgan nisbiy barqarorlikdan soʻng avgust oyida u sezilarli darajada koʻtarilib (13,5 foizdan 16,5 foizgacha), sentyabr oyida esa biroz pasayish holati qayd etilgan (16,0 foizgacha).
Soʻnggi oʻtgan 22 oy davomidagi yillik umumiy isteʼmol narxlari indeksida qayd etilgan yuqori koʻrsatkichlar oʻzgarishsiz qolgan: eng minimal koʻrsatkich 2019 yilning yanvar oyida (13,0 foiz), maksimali esa 2018 yilning yanvar oyida qayd etilgan (20,1 foiz).
Yirik guruhlar boʻyicha narxlar oʻzgarishiga koʻra, 2019 yilning oktyabr oyi natijalariga asosan, oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 2,8 foizga oshgan vaqtda nooziq-ovqat mahsulotlari bor yoʻgʻi 0,7 foizga, xizmatlar narxlari esa 0,4 foizga qimmatlashgan.
Taqqoslash uchun: 2018 yilning oktyabr oyida narxlarning koʻtarilishi borasidagi yetakchi pogʻona oziq-ovqat mahsulotlari guruhiga tegishli boʻlib, oy davomida narxlar oʻrtacha 2,3 foizga qimmatlashgan. Bu vaqtda nooziq-ovqat mahsulotlar va xizmatlar narxlari oʻsish surʼati 0,5 foizni tashkil etgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

