| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 129 marta oʻqildi

Ilhom Neʼmatov: YeOIIga kirish bizga foydali, muzokaralar davom etmoqda

Oʻzbekistonga YeOIIga kirish foydaliroq boʻlgan boʻlardi, hozir bu masala faol muhokama qilinmoqda. Bu haqda RIA Novostiga Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov maʼlum qildi.

Ilhom Neʼmatov: YeOIIga kirish bizga foydali, muzokaralar davom etmoqda

Oʻzbekistonga YeOIIga kirish foydaliroq boʻlgan boʻlardi, hozir bu masala faol muhokama qilinmoqda. Bu haqda RIA Novostiga Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov maʼlum qildi.

“Hozir bu masala juda sinchkovlik bilan oʻrganilmoqda. Oʻrganishlardan keyin taroziga solib koʻriladi va qaror qabul qilinadi”, - dedi Ilhom Neʼmatov.

“Oʻzbekistonning iqtisodiyoti, sanoati, qishloq xoʻjaligi oʻsmoqda. Eksport hajmi oshmoqda. Bizga bozor, maydon kerak. Bu maydon qayerda? Bu maydon Qozogʻiston, Rossiya, Qirgʻizistonda va ular YeOII aʼzolaridir. Shuning uchun toʻgʻrisini aytaman – men ishtirok etish tarafdoriman. Faqatgina iqtisodiy manfaatlardan kelib chiqqan holda... Yana bir ahamiyatga ega boʻlgan omil – demografiya. Aholi oʻsmoqda, yiliga 700 ming kishiga koʻpaymoqda. Tabiiy, biz 700 mingni proporsional ish bilan taʼminlay olmaymiz. Bu nimaga olib keladi? Migratsiyaga. Xalqimiz qayerga migratsiya qiladi? Rossiyaga, Qozogʻistonga. Ushbu omil ham Oʻzbekistonning YeOII bilan yaqin aloqalarni saqlashini belgilaydi. U yerda aʼzolar (mamlakatlar) uchun, migrantlar uchun boshqa sharoitlar. Shu bois men ushbu sharoitlardan kelib chiqqan holda qaror qabul qilishimiz lozim deb hisoblayman”, - deya qayd etdi u.

Neʼmatovning taxminlariga koʻra, bu boradagi muzokaralar yaqin kunlarda yakunlanishi mumkin.

“Hozir, fikrimcha, (masala) tezlashtirilmoqda. Yaqinda, dekabr boshida Siluanov jamoasi (Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov – tahr.) Samarqandda boʻlgan edi. Demak, muzokaralar olib borilmoqda. Ehtimol, tez orada yakunlanadi. Oʻylaymanki, yaqin kunlarda yakunlashadi”, - dedi Neʼmatov.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ