| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 422 marta oʻqildi

Oʻzbekiston “Harperʼs Bazaar”ning eng sayohatbop Top-20 roʻyxatida birinchi!

Amerikaning “Harperʼs Bazaar” nashri 2020 yilda albatta sayohat qilish lozim boʻlgan 20 ta eng yaxshi yoʻnalishni roʻyxatini taqdim qildi, unga koʻra, Oʻzbekiston birinchi oʻrinda.

Oʻzbekiston “Harperʼs Bazaar”ning eng sayohatbop Top-20 roʻyxatida birinchi!

Amerikaning “Harperʼs Bazaar” nashri 2020 yilda albatta sayohat qilish lozim boʻlgan 20 ta eng yaxshi yoʻnalishni roʻyxatini taqdim qildi, unga koʻra, Oʻzbekiston birinchi oʻrinda.

“Sayyoramizda bizni hayratga soluvchi Eyfel minorasi, Sidney opera teatri va Piramidalar kabi bir nechta sunʼiy inshootlar. Ular bizni suratlar orqali oʻziga chorlaydi va biz oʻsha tomonlar sari oshiqamiz. Mana shu yodgorliklar qatoriga yana bir moʻʼjiza – Samarqand markaziy maydonida joylashgan uch bino, murakkab naqsh va moviy gumbazli Registonni qoʻshish vaqti keldi”, - deyiladi maqolada.

Shuningdek, unda 2016 yilda hukumatdagi oʻzgarishlar mamlakat turizmida sezilarli siljishga zamin yaratgani taʼkidlab oʻtiladi.

“Yangi infratuzilmalar barpo etildi, butik-otellar paydo boʻla boshladi, restoranlar esa Markaziy Osiyo taomlarini xush koʻruvchi mijozlarga xizmat koʻrsatishni boshlashdi”, - deya izoh beriladi unda.

“Harperʼs Bazaar” barchani Oʻzbekistonga sayohat qilishga chorlar ekan, Samarqand, Buxoro, Xiva hamda Fargʻona vodiysiga alohida urgʻu berib oʻtgan.

“Fargʻona vodiysi nafaqat dunyodagi eng yaxshi kulolchilik buyumlari bilan, balki serviqor Tyan-Shan togʻlari bilan oʻralgan goʻzal manzarani ham namoyon etadi”, - deyiladi saytda.

Jurnalda qayd etilishicha, Top-20 roʻyxatiga kiritilgan davlatlar kelgusi oʻn yillikning oxiriga kelib xalqaro miqyosda eng “qaynoq” turistik nuqtalarga aylanishi kutilmoqda.

Roʻyxatda ikkinchi oʻrinni - Botsvana, uchinchi oʻrinni Sidney (Avstraliya) egalladi. Shuningdek, roʻyxatdan Xyuston (AQSh), Braziliya, Yaponiya, Nyu-York (AQSh), Fransiya, Urugvay, Avstriya ham joy olgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ