| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 065 marta oʻqildi

Oʻzbekiston ochiq maʼlumotlar manbalari boʻyicha birinchi oʻntalikdan oʻrin oldi

“Open data Interception” maʼlumotiga koʻra, 100 ta mamlakat orasida Oʻzbekiston 52 ta ochiq maʼlumotlar manbalari bilan ochiq maʼlumotlar manbalari soni mavjudligi reytingining birinchi oʻntaligidan oʻrin oldi.

Oʻzbekiston ochiq maʼlumotlar manbalari boʻyicha birinchi oʻntalikdan oʻrin oldi

“Open data Interception” maʼlumotiga koʻra, 100 ta mamlakat orasida Oʻzbekiston 52 ta ochiq maʼlumotlar manbalari bilan ochiq maʼlumotlar manbalari soni mavjudligi reytingining birinchi oʻntaligidan oʻrin oldi. (https://data.opendatasoft.com/explore/dataset/open-data sources%40public/table/?sort=code_en).

Ochiq maʼlumotlar manbalari boʻyicha birinchi oʻntalikka kiruvchi mamlakatlar roʻyxati:

№

Davlat nomi

Manbalar soni

1

Amerika Qoʻshma Shtatlari

642

2

Fransiya

353

3

Ispaniya

309

4

Kanada

121

5

Buyuk Britaniya

105

6

Avstraliya

102

7

Germaniya

81

8

Italiya

59

9

Oʻzbekiston

52

10

Avstriya

51

Open Data Inception - bu Open Data Soft tomonidan ishlab chiqilgan 2600 dan ortiq ochiq maʼlumotlar portallarining toʻliq roʻyxatidir. opendatainception.io sayti butun dunyoda keng foydalaniladigan va eng katta ochiq maʼlumotlar manbalaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, “Open Data Inception”da Birlashgan Millatlar Tashkilotining(BMT) eng yirik 21 ta ochiq maʼlumot manbalari roʻyxatdan oʻtkazilgan.
(https://data.opendatasoft.com/explore/dataset/open-data-sources%40public/table/?sort=code_en&refine.organisation=United+Nations)

YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori va Jahon banki Oʻzbekiston Respublikasining ochiq maʼlumotlar sohasini faol rivojlantirishga koʻmaklashmoqda.

Statistika qoʻmitasi
axborot xizmati

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ