| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi2 102 marta oʻqildi

The Economist jurnali Oʻzbekistonni “Yil mamlakati” sifatida eʼtirof etdi

The Economistning qayd etishicha uch yil avval Oʻzbekiston yopiq davlat boʻlgan. Qisqa vaqt ichida Oʻzbekistonda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi. 2019 yilda Oʻzbekistondan boshqa hech bir mamlakat bu qadar ilgarilab ketmagan, deya taʼkidlaydi maqola mualliflari.

Taʼkidlanishicha, zamonaviy Oʻzbekistonda fuqarolar endi partiyalarning saylov oldi kampaniyasini ommaviy tanqid qilishdan va hokimiyatni oʻz kamchiliklari uchun ayblashdan qoʻrqmaydilar.

2018 yilda mamlakat Oʻzbekistonning yangi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan boshlangan bir qator islohotlarni amalga oshirdi, bu yil esa boshlangan islohotlar jadal davom etdi:

“Hukumat majburiy mehnatni deyarli toʻxtatdi. “Mashhur” qamoqxona yopildi (Jaslik qamoqxonasi nazarda tutilayapti). Chet ellik jurnalistlarning mamlakatga kirishiga ruxsat berilgan. Kichik biznes vakillari qoʻllab-quvvatlanmoqda. Qoʻshni davlatlar bilan chegaralar ochilib, odamlarning erkin xarakatlanishiga imkon berildi. Xorijiy mutaxassislarni mamlakatning iqtisodiy tizimini tiklash uchun taklif qilinmoqda ”, deya taʼkidlaydi maqola mualliflari.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ