| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 751 marta oʻqildi

Oʻzbekiston xorijiy hamkorlar bilan umumiy qiymati 31 milliard dollar boʻlgan 800 dan ortiq loyiha ishlab chiqdi

Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klubning navbatdagi tadbiri boʻlib oʻtmoqda. Unda Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, siyosiy partiyalar vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etishmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatovning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda - investitsiyalarni jalb qilish elchilar oldidagi asosiy vazifalardan biridir.

“Ilgari, agar elchi investitsiya va biznes loyihalarini jalb qilish bilan shugʻullansa, u shunchaki ishdan olinardi. Bugungi kunda - investitsiyalarni jalb qilish elchilar oldidagi asosiy vazifalardan biri.

Soʻnggi bir yarim yil ichida chet ellik sheriklar bilan umumiy qiymati 31 mlrd AQSh dollari boʻlgan 816 loyiha ishlab chiqilib, imzolandi.

Biz xalqaro moliyaviy institutlar va banklar, shuningdek, xorijiy investorlarning ishonchini qayta tiklanishini his qilmoqdamiz.

Shuningdek, ilgari, xalqaro maydonlarda bizni bolalar va paxta terishda bolalar va majburiy mehnati uchun tanqid qilishgan. Bugungi kunda Xalqaro mehnat tashkiloti va boshqa institutlarning Oʻzbekistonga nisbatan pozitsiyasi butunlay oʻzgardi”, - deydi Ilhom Neʼmatov.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ