Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga qoʻshimcha vazifalar yuklandi
“Aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun Oʻzbekiston Respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident Farmoni (PF–5883-son, 26.11.2019 y.) qabul qilindi.

“Aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun Oʻzbekiston Respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident Farmoni (PF–5883-son, 26.11.2019 y.) qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, xavfsizligi va sifatini taʼminlashni muvofiqlashtirish sohasida vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Shu munosabat bilan vazirlik zimmasiga bir qator qoʻshimcha vazifalar yuklandi.
Jumladan, vazirlik suv balansining yagona axborot tizimini yaratgan holda Yagona davlat suv fondi suvlarining miqdoriy va sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va tizimlashtirish orqali respublikaning yagona suv balansini shakllantirishni tashkil etadi.
Vazirlikning markaziy apparati tarkibiga Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, xavfsizligi va sifatini taʼminlash kabi masalalarga masʼul boʻlgan vazirning birinchi oʻrinbosari lavozimi kiritildi.
Vazirlik markaziy apparati tarkibida quyidagilar tuzildi:
Yagona suv balansini shakllantirish va monitoring qilish bosh boshqarmasi;
Yagona davlat suv fondi suvlarining xavfsizligi va sifatini taʼminlash boshqarmasi;
Suv taʼminoti va suv chiqarish tizimlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi.
Farmonga koʻra, “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.
2020 yil 1 yanvardan Majburiy ijro byurosining koʻrsatilayotgan suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari uchun toʻlovlarning toʻliqligi va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash, isteʼmolchilarning qarzdorligini kamaytirish boʻyicha funksiyalari “Oʻzsuvtaʼminot” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga oʻtkaziladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

