Yogʻoch-qirindili plitalar importini qisqartirishga oid qaror loyihasi muhokamadan olindi
«Yogʻoch-qirindili plitalar hamda ularning muqobil turlarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, importni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasidan olindi. Bu maʼlumotni Kun.uzʼning hukumatga yaqin manbasi tasdiqladi.

Prezidentning bu haqdagi tegishli qarori loyihasi noyabr oyi oxirida normativ huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgandi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasida respublikaga import qilinayotgan 1 metr kub yogʻoch-qirindili plitalar va uning muqobil turlariga (TIF TN kodi 4410), 2020 yil 1 yanvardan boshlab qatiy 25 AQSh dollari hamda 2021 yil 1 yanvardan boshlab qatiy 30 AQSh dollari miqdorida aksiz soligʻi joriy etish moʻljallangandi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda