Oʻzbekiston va Yaponiya ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish borasida tajriba almashmoqda
Joriy yilning 23 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida Yaponiyaning Xokkaydo universiteti professori Masato Xivatari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 23 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida Yaponiyaning Xokkaydo universiteti professori Masato Xivatari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Mazkur uchrashuvdan koʻzlangan maqsad ikki mamlakat olimlari oʻrtasida hamkorlikda tadqiqotlar olib borish, ilmiy aloqalarni rivojlantirish boʻyicha tajriba almashishdir.
Professor Masato Xivatari oʻz maʼruzasida tadqiqot faoliyatining mohiyatini qisqacha tushuntirib oʻtdi.
Maʼlumot uchun: Professor Masato Xivatari 2001 yildan boshlab “mahalla” institutining Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga taʼsirini baholash maqsadida tadqiqotlar olib bormoqda. Jumladan, u aholining moliyaviy jamgʻarmalarini shakllantirishda "gap" uchrashuvlarining rolini oʻrganib, mahalla va qarindoshlik munosabatlari (peer effect)ning migratsiyaga taʼsirini baholaydi. U oʻz tadqiqotlarini Andijon viloyatidan 567 oila misolida olib bordi.
Oʻz maʼruzasida yaponiyalik olim "Oʻzbekistonda anʼanalar va norasmiy iqtisodiyot: Andijon viloyatidagi “gap” instituti misolida” mavzusida taqdimotini taqdim etdi. Unda jamiyatni rivojlantirish, tarmoqlar tahlili, Markaziy Osiyo iqtisodiyoti, oʻtish iqtisodiyoti, migratsiya masalalari boʻyicha olib borgan tadqiqotlarining mohiyatini batafsil bayon etdi.
Taqdimot yakunida Professor Masato Xivatari Markaz xodimlarining savollariga javob berdi.
Har ikki tomonni qiziqtirgan qoʻshma ilmiy-tadqiqot ishlari, qoʻshma seminar va simpoziumlar tashkil etish borasida Xokkaydo universiteti va Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish zarurligi taʼkidlandi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

