| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 355 marta oʻqildi

Oʻzbekiston va OTB 500 mln. dollari miqdoridagi zayom bitimi imzolandi

OTB va FTA vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Ular doirasida OTB tomonidan 500 million AQSh dollari va 50 million yevro miqdoridagi zayom bitimlari imzolandi.

Oʻzbekiston va OTB 500 mln. dollari miqdoridagi zayom bitimi imzolandi

OTB va FTA vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Ular doirasida OTB tomonidan 500 million AQSh dollari va 50 million yevro miqdoridagi zayom bitimlari imzolandi.

Joriy yilning 12 dekabr kuni Moliya vazirligida Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) va Fransiya Taraqqiyot Agentligi (FTA) vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv doirasida OTB tomonidan "Iqtisodiy boshqaruvni takomillashtirish 2-kichik dastur" - "Iqtisodiy menejmentni takomillashtirish dasturi 2-kichik dastur" (EMIP) dasturini amalga oshirish uchun 300 million AQSh dollari va FTA tomonidan 50 million yevro miqdoridagi zayom bitimlari imzolandi.

Ushbu dastur 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Strategiya asosida Oʻzbekiston Respublikasida islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan hamda Moliya vazirligi OTB va FTA bilan birgalikda ishlab chiqilgan matritsaga asoslangan.

Shuningdek, OTBning "Oʻzbekiston ipoteka bozorini rivojlantirish dasturi" loyihasi doirasida respublikamizda ipoteka bozorini rivojlantirishga qaratilgan umumiy qiymati 200 million dollarga teng zayom bitmlari ham imzolandi.

Loyihani amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 maydagi PF-5715-sonli "Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" gi Farmoni asos boʻldi.

Loyihaning maqsadi uy-joy siyosatini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan dasturiy chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlash, jumladan, ipoteka bozorining meʼyoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlashni koʻzda tutadi.

Ushbu loyiha mamlakatning uy-joy sektorini rivojlantirishga, ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga va bozor tamoyillari asosida barcha qatlamlariga ipoteka kreditlari olish imkoniyatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ