| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi1 746 marta oʻqildi

Samolyot chipta narxlari kimlar uchun arzonlashadi?

Transport vazirligining OAV vakillari uchun oʻtkazgan matbuot anjumanida aviachiptalar narxi hamon qimmatligicha qolayotgani, buning sabablari, qoʻshni davlatlar kabi narxlarni arzonlashtirish uchun qanday choralar koʻrilayotgani mavzusida koʻplab savollar berildi.

Samolyot chipta narxlari kimlar uchun arzonlashadi?

Transport vazirligining OAV vakillari uchun oʻtkazgan matbuot anjumanida aviachiptalar narxi hamon qimmatligicha qolayotgani, buning sabablari, qoʻshni davlatlar kabi narxlarni arzonlashtirish uchun qanday choralar koʻrilayotgani mavzusida koʻplab savollar berildi. – Aviachiptalar narxining 30-40 foizi kerosin bilan bogʻliq, – deydi Havo transportini rivojlantirish departamenti boshligʻi Ulugʻbek Bektoshev. – Bizda u yetarlicha boʻlmagani uchun xorijdan qimmat narxlarda sotib olinadi. Chet eldan kelgan samolyotlarga kerosinning bir tonnasi bir ming ikki yuz dollardan sotilar edi. Bugungi kunda yangi tizimga koʻra “Uzbekistan Airways” kompaniyasi oʻzi uchun kerosinni sotib olmoqda. Chet el aviakompaniyalari uchun esa yangi narx belgilandi, 890 dollar atrofida. Bu xorijliklar uchun maʼqul boʻlmoqda. Hozirda 11 ta xalqaro aeroportda sharoitlar yaratilgan. “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati kerosinni import qilib sotmoqda. Biz soʻrovnomalar olib borganimizda yoʻlovchilar uchun filmlar va koʻngilochar koʻrsatuvlar uning texnikasi bilan bogʻliq. Biz hamkor ishlab chiqaruvchilar bilan birga qilishimiz kerak bu ishlarni. Oʻzimiz qila olmaymiz. Misol uchun, Rossiyada salonni ichida yoʻlovchilarga qarab turish uchun videokamera talabini qoʻyishmoqchi edi. Lekin, aviakompaniya texnik oʻzgartirishga haqqi yoʻqligini aytdi. Buni ishlab chiqaruvchilar bilan qilinadi. Bizda ham shu holat, kuzatilmoqda. Tadbirda aviachiptalarni arzonlashtirish uchun Havo kodeksiga oʻzgartirish kiritish haqida ham eslab oʻtildi. Yuki boʻlmagan va ovqatlanmaydigan yoʻlovchilar uchun 20 foiz past narx shakllantirish mumkin boʻlar ekan. Xabaringiz boʻlsa, Prezidentimizning 2018 yil 27 noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra sohada bir qator oʻzgarishlar yuz berdi. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Uchuvchilar majmuasi” DUK, “Havo aloqalari bosh agentligi” va “Oʻzaviatextaʼminot” negizida “Uzbekistan Airways”, “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, fuqaro va eksperimental aviatsiyasida havo kemalari parvozlari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha davlat va texnik jihatdan muvofiqlashtirish vakolati berilgan Fuqaro aviatsiyasi agentligi tashkil etildi. “Uzbekistan Airways”ning asosiy vazifasi havo kemalari parkidan samarali foydalanish hisobiga yuk va yoʻlovchi tashish, aviatsiya texnikasiga, shu jumladan xorijiy aviakompaniyalar havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash belgilangan. “Uzbekistan Airports”ga esa yurtimizdagi barcha xalqaro aeroportlarini boshqarish, aviakompaniyalarga xizmat koʻrsatishga, yoʻlovchilar, bagaj va yukka xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, DXSh mexanizmlaridan foydalangan holda infratuzilmani takomillashtirish, aerodromlarni oʻz vaqtida va sifatli tayyorlash, yoqilgʻi bilan uzluksiz taʼminlash, aeroportlarda zamonaviy savdo, oziq-ovqat, banklar va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadigan boshqa obʼyektlar tarmogʻini kengaytirish vazifalari yuklangan. Xorijiy ekspertlar xulosalariga koʻra mazkur yoʻnalish fuqaro aviatsiyasi tarmogʻini boshqarishni taqsimlash qismida eng samarali hisoblanadi va Jahon banki maslahatchilari koʻmagida korxonalarning ustavlari tayyorlandi va tasdiqlandi. Shuningdek, buyurtmachilarning maxsus aviatsiya ishlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, “kichik aviatsiya” havo kemalari parkidan samarali foydalanish maqsadida, islohotlarda qishloq xoʻjaligi tarmogʻida maxsus aviatsiya ishlarini, respublika ichki va xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchi, yuk va pochta tashish bilan bogʻliq faoliyatni bajarish, shuningdek, turizm va sanitariya aviatsiyasi sohasida aviatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun mustaqil aviakompaniya tashkil etish koʻzda tutiladi. Manba: OʻzA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ