| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 669 marta oʻqildi

2020 yildan utilizatsiya yigʻimini olish boshlanadi

Oʻzbekistonda 2020 yil fevralidan isteʼmol xususiyatini yoʻqotgan gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yigʻimini olish boshlanadi.

2020 yildan utilizatsiya yigʻimini olish boshlanadi

Oʻzbekistonda isteʼmol xususiyatini yoʻqotgan gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ular uchun tirkamalarga yigʻim solinadi. «Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi va «Chiqindilar toʻgʻrisida"gi qonunlarga tegishli tuzatishlar kiritildi, deya xabar qildi Norma.uz.

Utilizatsiya toʻlovi ekologik xavfsizlikni taʼminlash, fuqarolar sogʻligʻi va atrof-muhitni chiqindilarning zararli taʼsiridan himoya qilishga qaratilgan.

Utilizatsiya yigʻimining miqdori, turlari va toifalari keyinroq belgilanadi, deyiladi hujjatda.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, yuridik shaxslarning Oʻzbekistonga avtomobillarni olib kirish hajmi yiliga oʻrtacha 17,5 ming donani tashkil etadi. Transport vositalaridan atmosferaga chiqariladigan zararli moddalar yiliga taxminan 1,560 ming tonnani tashkil etadi.

Qoʻmita mamlakatda koʻplab avtotransport korxonalarida, xususiy sektorda, shuningdek yoʻl chetlari, aholi mavzelarida va boshqa yerlardan qarovsiz nosoz mashinalar koʻp yillar davomida foydalanilmasdan qolishiga ham eʼtibor qaratdi. Natijada ular ikkilamchi qayta ishlash uchun yaroqsiz holga kelib qoladi.

Bundan tashqari, Ekologiya qoʻmitasi texnik nosoz avtomobillardan foydalanish muammosini ham tilga olib oʻtdi. Masalan, 2018 yilda 2,8 mln dona transport vositasi texnik koʻrikdan oʻtkazilganda 1 mln donaga yaqini majburiy xavfsizlik talablariga javob bermasligi maʼlum boʻldi. 24818 donasi kelgusida foydalanishga yaroqsizligi sababli roʻyxatdan chiqarildi.

Norma.uz xabariga koʻra, tuzatishlar 2020 yil 16 fevraldan kuchga kiradi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ