Toshkent viloyatining turizm salohiyati “Oltin halqa” konsepsiyasi asosida rivojlantiriladi
Toshkent viloyatiga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini koʻpaytirish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mahalliy aholi daromadini oshirish maqsadida Boʻstonliq, Ohangaron, Parkent, Boʻka, Chinoz, Zangiota tumanlari va Angren shahrida “Oltin halqa” konsepsiyasi asosida zarur infratuzilma shakllantiriladi.

Toshkent viloyatiga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini koʻpaytirish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mahalliy aholi daromadini oshirish maqsadida Boʻstonliq, Ohangaron, Parkent, Boʻka, Chinoz, Zangiota tumanlari va Angren shahrida “Oltin halqa” konsepsiyasi asosida zarur infratuzilma shakllantiriladi.
Vazirlar Mahkamasining “2019-2021 yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish toʻgʻrisida”gi 1053-sonli qarorida (2019 yil31 dekabr) shu haqida soʻz yuritiladi.
Hujjatga koʻra, Toshkent viloyatidagi har bir tuman oʻziga xos boʻlgan turistik mahsulotlarni ishlab chiqib, turizmning alohida yoʻnalishlarini rivojlantirib boradi.
Masalan, Boʻstonliq tumani "Chorvoq” erkin turistik zonasi, Ugam-Chotqol milliy bogʻi, “Chorvoq” suv omboriga ega, hududda turizmning barcha yoʻnalishlarini rivojlantirish imkoniyati mavjud; Parkent tumani – togʻ oldi hududi hisoblanib, tabiati goʻzal, hududning ziyoratgohlari, agroturizm maskanlari, mazali ovqatlanish shoxobchalari mavjud; Zangiota tumani - tarixiy hudud, u ziyorat turizmi obʼyekti boʻlgan “Zangiota” majmuasi, hunarmadchilik markazlari, savdo majmualariga ega; Ohangaron tumani tarixiy manzilgohlar, madaniy meros obʼyektlariga boy, sanoat turizmi yunalishi boʻyicha turizm namoyishi obʼyektlariga ega; Boʻka tumanining gastronomik turizm yoʻnalishida oʻziga xos turistik obʼyektlari mavjud; Chinoz tumani Toshkent va vohani bogʻlovchi asosiy magistral yoʻl boʻyida joylashgan boʻlib, agroturizm, gastronomik turizm va turizmning boshqa turlarini rivojlantirish imkoniyatlariga ega; Angren shahri sanoat shahri ekanligi bilan mashhur, Yangiobod va Lashkarak hududlarining tabiati goʻzal, sayyohlarga xizmat koʻrsatuvchi yoʻlboʻyi ovqatlanish shoxobchalari bor.
Taʼkidlash joizki, mazkur konsepsiya doirasida dastlab turizm salohiyati yuqori boʻlgan Boʻstonliq, Parkent, Zangiota, Ohangaron, Boʻka, Chinoz tumanlari va Angren shahri qamrab olinadi, keyinchalik esa viloyatning boshqa hududlariga ham tatbiq qilinadi.
Bundan avval Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov Toshkent viloyatida turistik “Oltin halqa”ni yaratish rejalashtirilayotgani hamda shunga doir konsepsiya ishlab chiqilayotgani haqida maʼlum qilgan edi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

