| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 684 marta oʻqildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Oʻzbekistonning YeOIIga aʼzo boʻlishi taʼsirini baholash uchun tadqiqot oʻtkazmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida "Umumiy muvozanatning amaliy modellari va Oʻzbekistonning JSTga va YeOII aʼzo boʻlishi taʼsirini baholash" mavzusida seminar tashkil etildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Oʻzbekistonning YeOIIga aʼzo boʻlishi taʼsirini baholash uchun tadqiqot oʻtkazmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida "Umumiy muvozanatning amaliy modellari va Oʻzbekistonning JSTga va YeOII aʼzo boʻlishi taʼsirini baholash" mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda Berlin Economics mustaqil konsalting kompaniyasi eksperti va Oʻzbekistondagi Germaniya iqtisodiy guruhi aʼzosi (GET Uzbekistan) Veronika Movchan ishtirok etdi.

Mazkur seminar Oʻzbekistondagi Germaniya iqtisodiy guruhi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi oʻrtasidagi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi hukumatiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshma deklaratsiyaga muvofiq tashkil etilgan. Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2019 yil 21 yanvarda imzolangan memorandum boʻyicha hamkorlikning asosiy yoʻnalishlaridan biri bu: qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish, ekspertlar fikrlari va qoʻshma seminarlarni tashkil etishdir.

Seminar davomida Veronika Movchan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlariga Oʻzbekistonning YeOIIga aʼzo boʻlishining iqtisodiy sohalarga taʼsirini baholash uchun Oʻzbekiston sharoitida yaratilgan umumiy muvozanat modelining dastlabki natijalariga toʻxtalib oʻtdi.

Umumiy muvozanat modelining hususiyatlari va tashqi kuchlarning iqtisodiyotga taʼsirini baholash uchun uni qoʻllash imkoniyatlarini muhokama qilish bilan birgalikda seminar qatnashchilari Yevrosiyo integratsiyasi tendensiyalari toʻgʻrisidagi chuqur bilimlari bilan oʻrtoqlashdilar.

Oʻz navbatida, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari Oʻzbekistonning YeOIIga qoʻshilish oqibatlarini baholashning muqobil modellari asosida oʻz ekspert baholarini taqdim etdilar. Muhokamalar davomida ekspertlar Oʻzbekiston uchun umumiy muvozanat modelini ishlab chiqish boʻyicha oʻz fikr va takliflarini bildirganini taʼkidlash joiz.

Muhokama natijalariga koʻra iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha Oʻzbekiston uchun modelni kengaytirish va toʻldirish boʻyicha takliflar bildirildi. Aytilgan fikr va takliflar, shubhasiz, yuqori sifatli modellashtirish natijalarini olishga xizmat qiladi va kelajakda iqtisodiy siyosatning toʻgʻri yoʻnalishlarini ishlab chiqishga yordam beradi.

Tomonlar iqtisodiy siyosatning asosiy yoʻnalishlarini belgilab oldilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar oʻrtasida kelgusida yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ