| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi2 172 marta oʻqildi

2020 yilda Oʻzbekiston bank sektoridagi oʻzgarishlar

2020 yil 8 yanvar kuni Oʻzbekiston Bank-moliya Akademiyasi binosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan «open space» formatida "2020 yilda Oʻzbekiston bank sektoridagi oʻzgarishlar" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

2020 yilda Oʻzbekiston bank sektoridagi oʻzgarishlar

2020 yil 8 yanvar kuni Oʻzbekiston Bank-moliya Akademiyasi binosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan «open space» formatida "2020 yilda Oʻzbekiston bank sektoridagi oʻzgarishlar" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbariyati, Markaziy bank rahbariyati, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi bilan bir qatorda Oʻzbekiston tijorat banklari rahbarlari, Buyuk kelajak ekspertlari, Pricewaterhouse Coopers xalqaro kompaniyasi, Oliy Majlis deputatlari, auditorlar, soliq maslahatchilari, shuningdek, tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari, bloggerlar ishtirokida banklarning moliyaviy tiklanishi va barqarorligi masalalari muhokama etildi.

Davra suhbatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari – Markaz direktori O. Hakimov ochib berdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbari oʻz nutqida oʻtgan yilning oktyabr oyida Oʻzbekiston bank tizimini isloh qilish masalalari muhokama qilingan yigʻilishni yodga oldi. Unda "Endi banklar resurs jalb etish boʻyicha "oʻz aravasini oʻzi tortishi" kerak. Shundagina bozor sharoitiga mos, zamonaviy boshqaruv tizimiga ega moliyaviy institutga aylana oladi", – degan edi davlatimiz rahbari.

- Bugungi kunda bank sektorining asosiy kamchiligi shundaki, iqtisodiyotdagi barcha kreditlarning 90 foizi banklarga toʻgʻri keladi. Ushbu kamchiliklarni oʻrganib chiqib, Oʻzbekistondagi barcha tijorat banklari 2020 yilda transformatsiya jarayoniga tayyorgarlik koʻrmoqda. - dedi O. Hakimov.

Bugungi kunda Oʻzbekiston bank tizimi yuqori konsentratsiyasi bilan ajralib turadi: barcha bank aktivlarining 86% hali davlatga, 70% esa 5 ta davlat banklari (Milliy bank, Asaka bank, Sanoat qurilish bank, Ipoteka bank va Agro bank) ga qarashli. Shuningdek, kreditlarga nisbatan davlat ulushi boʻlgan bank omonatlarining ulushi 31,5 foizni tashkil etishi qayd etildi. Taqqoslash uchun, xususiy banklarda bu koʻrsatkich 100% ga teng.

Markaziy Bank va Moliya vazirligi Jahon banki bilan birgalikda bank sektorini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqmoqda. Bundan tashqari, Moliya vazirligi huzurida tijorat banklarini davlat ishtirokida isloh qilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etildi. Oʻzbekistondagi koʻplab tijorat banklari 2020 yilda transformatsiya jarayonidan oʻtishlari tavsiya etiladi.

Tadbirda Xalq bank, Hamkor bank, Asaka bank, Sanoat qurilish bank vakillari ishtirok etdilar. Xususan, biznesni rivojlantirish va mijozlarga qulayliklar yaratish boʻyicha fikrlar bildirildi. Bundan tashqari tadbirda kreditlar portfelining faol oʻsishi bilan biznesni olib borishda yondashuvlar oʻrtasidagi farq, mijozlarga yuqori darajadagi xizmat koʻrsatishga tayyorlik, kredit berish jarayonlarini oʻz-oʻzidan avtomatlashtirish darajasi, tavakkalchilik texnologiyalari muhokama qilindi.

Tijorat banklarining investitsion jozibadorligini oshirish masalalari, shuningdek, hukumat tomonidan mamlakat bank sektorini modernizatsiya qilish boʻyicha qabul qilingan qarorlar muhokama qilindi.

Banklar vakillari tijorat samaradorligini oshirish oʻrta va uzoq muddatli strategiyani shakllantirish uchun aktivlarni taqsimlashni optimallashtirish mexanizmlarini oʻz ichiga olgan bank-moliya sektorini tizimli oʻzgartirish boʻyicha konseptual takliflarni taqdim etdilar.

Shuningdek, «open space» formatida tashkil etilgan davra suhbatida ekspertlar Oʻzbekiston bank sektoridagi oʻzgarishlar boʻyicha oʻz taklif va mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar.

Tadbir davomida bank qonunchiligidagi yangiliklar muhokamasi boʻlib oʻtdi va bozor iqtisodiyotida amaliy misollar yordamida atroflicha javoblar berildi.

Investitsiya jozibadorligini oshirish orqali xususiy sektorning bank sektoridagi ishtirokini kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Tadbirda ishtirok etgan tadbirkorlar, ekspertlar, auditorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va bloggerlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ